Zilzila chaqirgan haykal

Qadimgi Yunonistonda aksariyat aholi Quyosh ma’budi Geliosga e’tiqod qilgan. Shu bois yunonlar erishgan har bir muvaffaqiyatlari uchun Geliosga qurbonliklar qilishgan, haykallar qo’yishgan. Ana shunday haykallardan biri Egey dengizidagi Rodos orolidagi shu nom bilan ataluvchi shaharda miloddan avvalgi 292-280 yillarda bunyod etilgan. Mazkur obida mahobatli bo’lgani bois, hyech shubhasiz qadimgi dunyoning yetti mo’jizasidan biri, deb tan olingan. Mazkur haykal Rodosdagi Koloss (Gelios) nomi bilan mashhur.

Haykalning yaratilishi Makedoniyalik Aleksandr davlati parchalanib ketgandan keyingi davrga to’g’ri keladi. Miloddan avval-gi III asrning oxirlarida Misrda hukmronlik qilgan Ptolomey sharqiy Urta dengizda amalga oshiriladigan savdo-sotiqni nazorat qiladigan rodosliklar bilan ittifoq tuzdi. Miloddan avvalgi 305 yilda Aleksandrning vorislaridan biri Demetriy I 40 ming kishilik lashkar bilan orolni qamal qildi. Demetriy I Rodosni bir yil davomida qamal qilish qurollari bilan o’rab olib, bir necha bor shaharga hujum uyushtirdi. Ammo Rodosga Ptolomeyning dengiz floti yaqinlashib kelayotgani bois, Demetriy I barcha qamal vositalarini orolda qoldirib, chekinishga majbur bo’ldi.

Картинки по запросу

Картинки по запросу

Картинки по запросу

Картинки по запросу

Rodos oroli.

Rodosliklar makedoniyaliklar tomonidan qoldirib ketilgan qurol-yarog’larni sotib, katta daromad olishgan. Ushbu mablag’ni «qamal vaqtida qilgan g’amxo’rligi uchun» Quyosh ma’budi Geliosga minnatdorchilik ramzi sifatida ulkan haykal o’rnatish uchun ishlatishga qaror qilingan. Rodosliklar Geliosni nafaqat ma’bud, balki orolning yaratuvchisi, deb bilishar edi. Ularning fikricha, go’yoki Gelios Yer yuzida unga tegishli joy bo’lmagani sababli, orolni dengiz tubidan qo’lida ko’tarib olib chiqqan emish.

Balandligi 36 metr bo’lgan haykalni yaratish uchun o’sha vaqtdagi mashhur haykaltarosh Xares 12 yil mehnat qilgan. Haykal metall tayanch (sinch) va loydan yasalgan, ustki qismi bronza bilan qoplangan. Haykal bitgach, rodosliklarning ko’z oldida Gelios baland bo’yli, yosh va boshida nur taratib turgan gulchambar taqqan holda namoyon bo’lgan. Quyosh ma’budi haykali ikkita oq marmar asosda uzoqlarga nigoh tashlagan holda ishlangan. Portga kiraverishdagi baland-likda joylashgani bois, haykal atrofdagi orollardan bemalol ko’ringan. Shunisi qiziqki, mazkur ulkan haykal o’rnatilgan joyida yasalgan. Buninguchun me’mor Xares o’ziga xos usulni qo’llagan. Jumladan, haykal asosidan bosh-lab tepaga tiklab borilgani sari, uning atrofi tuproq solib, ko’mib borilgan. Shu tariqa inshoot qurilishi bilan uning atrofida sun’iy tepalik paydo bo’lgan. Haykal bitgach, uning atrofidagi tuproq qazib olinib, Gelios butun bo’y-basti bilan rodosliklarni hayratga solgan.

Ulkan haykalni yaratish uchun 500 talant bronza va 300 talant temir (1 talant taxminan 26,2 kg) ya’ni 13 tonna bronza va 8 tonnaga yaqin temir ishlatilgan. Gelios haykali Rodosda ulkan haykallar yaratishda yangi bosqichni boshlab berib, miloddan avvalgi II asrda bu yerda 100 dan ortiq ulkan haykallar bunyod etilgan.

Geliosning haykali o’rnatilgan joyida bor-yo’g’i 65 yil turgan va miloddan avvalgi 222 yilda kuchli zilzila natijasida qulab tushgan. Strabonning yozishicha, «…zilzila natijasida qulagan haykal tizzalari singan holda yerda yotar edi». Haykalning tizzalari uning eng nozik qismlari bo’lgani bois, yevropaliklar o’rtasida yuzaki bajarilgan omonat ishlarga nisbatan «loy oyoqli Gelios» iborasini ishlatish odat tusiga kirgan.

Rodosliklar haykalni o’z joyiga tiklashga ancha harakat qilishgan. Hatto, bu ishda qo’shnilarning yordami haqidagi ma’lumotlar bor. Jumladan, Misr podshohi bir necha yuz talant mis va ustalarni haykalni ta’mirlash uchun Rodosga yuborgan. Ammo bu harakatlarning barchasi zoye ketib, Geliosni joyiga qayta tiklashning iloji bo’lmagan.

Картинки по запросу

Gelios haykali.

 Ammo Geliosning haykali yerda yotgan holda ham rodosliklarni hayratga solar edi. Usha vaqtlarda yashagan mashhur me’mor Pli-niyning yozishicha, faqat ayrim rodosliklar haykalning qo’lidagi bosh barmog’ini ikki qo’llari bilan quchog’iga sig’dira olar edi. Oyoqlari oddiy odamning oyoqlaridan bir necha o’n barobar kat-ta bo’lib, kishini hayratga solardi. Gelios haykalining singan bo’laklari yerda 1000 yildan ortiq yotgach, 977 yilda yeotib yuboril-gan. Ba’zi manbalarda aytilishicha, ulkan haykal bo’laklarini so-tib olgan savdogar ushbu noyob molini 900 ta tuyaga yuklab, olib ketgan ekan.

Hozirgi vaqtda Geliosning ulkan haykali turgan joy — Gresiyaning Rodos orolidagi portga kiraverishda afsonaviy ma’bud oyoqlari turgan joyda ikkita ramziy ustun mavjud bo’lib, ular mo’jizaviy obidaning naqadar katta bo’lganidan dalolat beradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий