Zerikarli ish yangi g‘oyalarga undaydi

Buyuk Britaniyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot har qanday zerikarli ish odamni yangi g‘oyalar sari undashini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqotda ikki guruhdan iborat 40 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan.

Birinchi guruhdagilar 15 daqiqa davomida telefon kitobchasida ko‘rsatilgan abonentlar raqamini erinmay oq qog‘ozga ko‘chirib chiqishgach, ularga ijodiy vazifa sifatida ikki dona plastik chashkadan biror bir buyum yasash topshiriladi. Eng qizig‘i, ming bir mashaqqat evaziga bo‘lsa-da, ko‘ngillilar buning uddasidan chiqadi. Ular yasagan buyumlar bir-biridan ajoyib, antiqaligi bilan ajralib turardi. Biroq, zerikarli ishga qo‘l urmay turib, ijodiy ishga sho‘ng‘igan ikkinchi guruhdagi ko‘ngillar esa vazifani uddalay olmaydi. Shundan so‘ng, olimlar zerikarli ish insonning ijodiy qirralarini ochishiga va uni yangi g‘oyalar sari undashiga amin bo‘lishgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий