Zargarlik buyumlari qanday tozalanadi ?

Qimmatbaxo taqinchoqlani qaysi qiz yaxshi ko`rmaydi deysiz! Ba`zan sevimli ziragingizni taqish yodingizdan ko`tarilib qolsa, ko`cha- ko`yda yurganda ham o`zingizni noqulay his qilasiz. Biz sevgan taqinchoqlar aksariyat xollarda oltin, kumush, platina, yasalgan zargarlik buyumlari bulib, ularning imkon qadar kuproq xizmat qilishini xoxlaymiz. Yuqoridagilar orasida eng mustaxkami platina xisoblanib, u uz kurinishini bir necha yil mobaynida bir xil saqlaydi, tirnalmaydi. Biroq hamma zargarlik buyumlari maxsus parvarishni talab qiladi. Buni esa har bir ayol hamda qizlar bilishi zarurdir!

Tilla 
-Agar tilla buyumlar xiralashsa, bir stakan sovunli suvga solingan 0.5 choy qoshiq novshadil spirti aralashmasida yuvib, sovuq suvda chayish kerak. Shundan so`ng usha buyum artilsa, yangidek jilovlanadi. Tozalashni rejalashtirgan tilla taqinchog`ingizda tabiiy toshlar mavjud bulsa, novshadil spirti kamroq, ya`ni 3 – 5 tomchi tomiziladi.
– Qorayib qolgan tilla buyumlarni 25% li amiyak yoki novshadil spirtining suv bilan aralashmasiga 20 daqiqa solib quyish kerak. Ammo bu usulni Marvarid va Qaxrabo ( yantar ) Kuzli buyumlarga nisbatan qullaw taqiqilanadi.
– Tilla buyumlarni tiw pastasi bilan ham tozalaw mumkun.
– Tilla yoki zarxal suvi yugurtirilgan taqinchoqlarni pivo va tuxum oqining teng miqdordagi aralawmasi bilan ehtiyotkor bulib tozalaw mumkun!

Kumush 
– Kumush buyumlarni karton qutilarda, qog`ozga urab yoki viskozalardan tuqilgan shoyi matolarda saqlamaslik kerak. Sababi, ular tarkibida sulfit kislotasi mavjud. Kumushni pargament qog`ozda saqlang.
– Kumush buyum va taqinchoqlar novshadil spirtining oq bo`r bilan aralawmasida yaxwi tozalanadi.
– Kumush qowiqlar foydalanilgandan so`ng darhol ow tuzi solingan qaynayotgan suvga bir necha daqiqaga solinsa, doim yaltirab turadi. Haftada bir marotaba ularni sovunli suvda va novwadil spirti aralawmasida yuviw zarur. Tuxum sarig`i natijasida qoladigan qora dog`larni kul yordamida tozalasa buladi. Namlikdan xosil bulgan dog`ni iliq sirka yordamida tozalaw mumkun.
– Kumush buyumlar havo ta`sirida xiralashwadi, qorayib qolishwi mumkun. Bundan qochish ularga Kollodiumning suyuq erutmasini yupqa qilib surtish kerak. Kollodiumni issiq suv yoki novshwadil spirti bilan artib tashlashw mumkun.
– Kuchli xiralawgan kumush taqinchoqlarni asl holiga qaytarish uchun dastlab oddiy tozalovchi vositada, so`ng giposulfit natriyning suv bilan aralashwmasida (100 ml. suvga 20 gr. miqdorda qushiladi ) yuvish darkor.

Вам может понравиться

Добавить комментарий