Zamonaviy pardoz vositalari nimasi bilan zararli ?

Yuz yil oldin ayollar orasida qo’rg’oshinli oqartiruvchi vositalar juda ommabop  bo’lib, go’zallik uchun ular o’zlarini og’ir metall bilan zaharlagan. 

Bugungi ishlab chiqaruvchilar go’zallik vositalarini ishlab chiqarishda toksik moddalardan foydalanmaydi, biroq ular xavfsizmikin? Hozirgi kosmetik vositalarga o’tmishdan qaysi zararli komponentlar o’tgan? Umuman, bugungi kosmetika zararlimi?

Har yili jahon farmasevtika bozorida 100 dan ziyod yangi kimyoviy moddalar paydo bo’ladi, ularning ko’pchiligi kosmetologiyada ishlatiladi va, shu tarzda,  odamlarning o’zida sinaladi. Xo’sh, kremlar va shampunlarimiz tarkibida nimalar bor, yangi mahsulotni xarid qilayotganda nimalarga e’tibor qaratish zarur?

Kosmetik vosita tarkibiga kiruvchi barcha moddalarni uchta guruhga ajratish mumkin:

Foydali moddalar. Ushbu guruhga bor-yo’g’i uchta modda kiradi: gialuron kislotasi, elastin va kollagen. Bunda ham ular muayyan qo’llanish sharoitlaridagina foydali hisoblanadi.

Foydasi yo’q moddalar. Ular teri va organizmga hyech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

Zararli. Bular toksik moddalar bo’lib, odamda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Pardoz vositalaridagi eng zararli komponentlar

Mineral yog’lar — neft-kimyo chiqindilari hisoblanadi, ular husnbuzarlarni hosil qiladi va allergiyaga sababchi bo’ladi, bundan tashqari, teridagi regenerasiya jarayonlarini sekinlashtiradi. Organizmda to’planib qolganida, artrit, migren, diabet, epilepsiya kabi kasalliklarni rivojlantirishi mumkin.

Parafin — mineral yog’lardan ham zaharliroq neft-kimyo mahsuloti hisoblanadi.

Gliserin, reklamaga qaramasdan terini namlantirmaydi, aksincha, uni quritadi.

Propilen glikol — neftni qayta ishlash mahsuloti hisoblanadi, asosan mashinasozlikda tormoz suyuqligi va antifriz sifatida qo’llaniladi. Bu juda kuchli allergen bo’lib, u giperkeratoz va husnbuzarlarni paydo qiladi, organizmda to’planganida esa jigar va buyrak toksik zaharlanishga uchraydi.

Natriy sulfati yoki lauril sulfat. Kokosdan olinsa ham toksik modda hisoblanadi. U yurak, miya, buyrak, jigarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Sochlarning ingichkalashishi va to’kilishini keltirib chiqaradi, allergik dermatit, kon’yunktivit va, hatto, kataraktaga olib keladi.

Parabenlar teri fermentlarini buzadi va organizmda to’lanib qoluvchi hamda gormonal muvozanatni buzuvchi kseno-estrogenlar sifatida ta’sir qiladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, parabenlar ko’krak bezi saratoni rivojlanishiga turtki bo’ladi.

Ftalatlar kanserogen moddalar hisoblanadi, ularni bolalar so’rg’ichi va o’yinchoqlarida qo’llash taqiqlangan, biroq kosmetika sanoatida hozir ham foydalanilmoqda.

Trietanolamin va dietanolamin (TEA va DEA) — bu sof ko’rinishdagi kanserogenlardir. Ular 15 yildan buyon ma’lum, ammo, shunga qaramasdan, bu moddalar kosmetika vositalarini ishlab chiqarishda hamon qo’llanmoqda.

PEG — saraton xastaligini keltirib chiqaruvchi neftni qayta ishlash mahsuloti.

Shunday ekan, aziz ayollar, kosmetika vositalarini xarid qilishdan oldin ularning tarkibini diqqat bilan o’rganib chiqing.

manba: Jorge Andreas Leo (FCB)

Вам может понравиться

Добавить комментарий