Yulduzlarning laqablari

Futbolchilar orasida laqab qo’yish odat tusiga kirgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ularni o’qigan sari yuzingizda tabassum uyg’onadi. Daryo.uz sayti mashhur futbolchilarning laqablari haqida qiziqarli ma’lumotni chop etdi. Quyida material bilan tanishishingiz mumkin. Puyol “Tarzan”, Adebayor “Avatar”, Messi “Burga” ekanligini bilasizmi? Jahon chempionati bahslari, Chempionlar Ligasi o’yinlari yoki istlagan bir futbol musoboqasi muxlislar qiziqishisiz o’tmaydi. Ashaddiy muxlislar sevimli futbolchisiga o’ziga xos laqab qo’yib olishi tabiiy. Xatto, televizor yoki radio orqali qilinadigan sharhlarda ham futbolchining nomi o’rniga uning laqabi ishlatiladi. Shuning uchun ham, ko’pchilik mashhur futbolchilarning butun dunyo biladigan laqablari bor. Ular orasidan eng sevimli va ko’p ishlatiladiganlarini sizlarga taqdim etamiz: Park Ji Sun (Janubiy Koreya): Uch o’pkali Karles Puyol (Ispaniya): “Tarzan” – Puyolning tashqi ko’rinishi sababli uni shu multqahramon nomi bilan chaqirishadi. O’zbekistonlik futbol muxlislari uchun esa “Puyol – tinchlik elchisi”. Fabio Kannavaro (Italiya): Berlin devori, chunki uning himoyasidan hyech kim O’tib keta olmagan. Lionel Messi (Argentina): Mitti burga Fernando Torres (Ispaniya): Bolakay, chunki u juda yoshligida “Atletiko Madrid”da jamoa sardori unvoniga ega bo’lgan Ronaldino (Braziliya): Bir kishilik tomosha Roberto Badjo (Italiya): Oltin dumcha (kokil) Gabriel Batistuta – “Batigol” David Bekhem (Angliya): “space boy” – Ziralangan bola Edgar Davids (Gollandiya): Piranya Jenaro Gattuzo (Italiya): Dovyurak Rayan Giggz (Uels): Uelslik sehrgar Rud Gullit (Gollandiya): Qora lola Filippo Indzagi (Italiya): “Pippogol” Oliver Kan (Germaniya): Chingizxon Diyego Maradona (Argentina): Hurpaygan Pavel Nedved (Chexiya): Chexiya zambaragi Pele (Braziliya): Qirol Ronaldo (Braziliya): Fenomen Andrey Shevchenko (Ukraina): Sharq shamoli Franchesko Totti (Italiya): Zarbdor, Gladiator, Rimning sakkizinchi qiroli, chunki u 20 yildan oshiq faqat “Roma”da o’ynagan Xuan Sebastian Veron (Argentina): Kichkina jodugar Kristian Viyeri (Italiya): “Bobo” – Bu italiyancha laqabning o’zbekcha ma’nosi aniqmas-u, lekin qariya Viyeri hozir o’zbekcha “Bobo” bo’lib qolgani aniq. Lev Yashin (Rossiya): Qora o’rgimchak Ziko (Braziliya): Oq Pele Zayniddin Zidan (Fransiya): “Zizou” — Zizu Garri Kyuvil (Avstraliya): “Wizard of Oz” – Oz mamlakati sehrgari “Real Madrid” o’yinchilarining “nickname”larini alohida yozishga qaror qildik. Chunki, ularning “eshik orti”dagi laqablari bir-biriga yaqin ma’noli va deyarli har bir futbolchining do’stlari orasida “erkalab” chaqiriladigan ismi bor: Ronaldu (Portugaliya): “Machine” – Mashina. Bu laqabni olishiga sabab, u jamoaning yuragi hisoblanadi. Manchesterda to’p surgan davrida Ser Aleks Fergyusson uni “Kid” – Bolakay deb atardi. Chunki, juda yosh va nimjon paytida “Qizil iblislar” safiga kelib qo’shilgan Pepe (Portugaliya): “Pepino” Rikardo Karvalo (Portugaliya): “Grandfather” – Bobo. Bu uning Madridda faoliyat yuritgan paytidagi laqabi bo’lib, o’shanda u 32 yoshda edi Mesut O’zil (Germaniya): “Nemo” – bu multfilm qahramoni — baliqning nomi. O’zilning ko’zlari bo’rtib chiqqanligi bu laqabga “sazovor” bo’lishiga sabab bo’lgan Di Maria (Argentina): “Angel” – Farishta. O’zining ismidan olingan laqab Garay (Argentina): “Negro” – Qoravoy. Tanasining rangi sababli Iker Kasilyas (Ispaniya): “Culote” – ispanchadan tarjimada “Biror nimani omadli bajarish” ma’nosini bildiradi Marselo (Braziliya): “El Loco” – “The crazy” – Jinni Rikardo Kaka (Braziliya): Rikki. O’zining birinchi ismidan qisqartma Benzema (Fransiya): “Monsiuyer” – “Sir” – Janob Adebayor (Togo): Bir vaqtlar Madrid safida to’p surgan hujumchini Serxio Ramos “Avatar” yoki “Adenabor” deb chaqirishni xush ko‘rgan. Serxio Ramos (Ispaniya): “Cuqui” Ispaniyadagi mashhur shirinlik nomi Yuqoridagi futbolchilarning laqablarini topishda soccerphile.com, listal.com va ronaldo7.net saytlarining ma’lumotlaridan foydalanildi.

manba: Jorge Andreas Leo (FCB)

Вам может понравиться

Добавить комментарий