Yulduzlarni shaydo etgan yulduzlar

Har birimiz yoshligimizdan qaysidir o’yinchining o’yinlariga mehr beramiz, hamda ularni o’zimizning kumirimiz sifatida e’tirof etamiz. Kimgadir Ronaldu, kimgadir Messi, yana kimgadir esa Torres yoqadi. Xo’sh jahon tan olgan yulduzlarning ham kumirlari bo’lganmi? Ha, albatta. Axir, ular ham futbol shaydolari-ku. Xosep Gvardiola 3 karra «Oltin to’p» sohibi va ayni paytda UYeFA prezidenti lavozimida ishlayotgan Mishel Platinining o’yinlaridan zavq olgan. Fransuzning muhlislari ko’p bo’lganligi shubhasiz albatta. Uning vatandoshi David Trezege ham Mishelning haqiqiy fanati bo’lgan. David shuningdek, yana bir vatandoshi Jan Tiganoning ham o’yinlaridan zavq olgan. Futbolimiz faxri Mirjalol Qosimov ham Mishel Platinining va Maradonaning o’yinlarini sevib tomosha qilgan. Ukrainalik «Oltin to’p» sohibi Andrey Shevchenko bolaligida Mishel Platini, Ziko, Romario va Pelening o’yinlariga oshufta bo’lgan. «Yuventus» jamoasining sobiq ramzi Alessandro del Pero Mishel Platini, braziliyalik Ziko va 3 karra «Oltin to’p» sohibi golland Marko van Bastenlarni o’zining kumiri sifatida biladi. Tizzasidan jarohat olib futbol bilan erta xayrlashgan Markoning o’yinlariga «ikkinchi Van Basten» sifatida e’tirof etilgan Ruud van Nistelroy va italiyalik Filippo Inzagi, shuningdek bolgariyalik Dimitar Berbatov ham oshufta bo’lishgan. Dimitarga shuningdek hamyurti Xristo Stoichkovning ham o’yinlari manzur bo’lgan. Futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan, jahonning 3 karra eng yaxshi futbolchisi braziliyalik Ronaldoni ham kumir sifatida biladiganlar oz emas. Urugvaylik Luis Suares, rossiyalik Andrey Arshavin, braziliyalik Alesandro Pato, Vagner Lav va Robinolar ana shular jumlasidandir. Pato va Robino faqat Ronaldonigina kumir sifatida tan olishgan bo’lsa, Luis shuningdek gol urish bo’yicha Argentina terma jamoasi rekordchisi Gabriyel Batistutani ham tan oladi. Andreyga “Barsa” bilan ikki marta jahonning eng yaxshi futbolchisi bo’lgan Ronaldino va Messi, Vagnerga esa Ronaldino va Romariolarning ham o’yinlari yoqqan. 1000 ta gol urgan Romarioning asl ishqibozlari safiga argentinalik «quyoncha» Xavyer Saviola va golland Rafayel van der Vaartlarni kiritishimiz mumkin. Gollandiyalik mohir to’purar Klaus yan Xuntelaar vatandoshlari Ruud Gullit va Dennis Bergkamp, italiyalik «ofsaydda tug’ilgan» Filippo Inzagilarning o’yinlarini miriqib tomosha qilgan. Germaniyalik Bastian Shvayshtayger futbol afsonasi zayniddin zidanga xavas qilgan. zidanning o’yinlaridan zavq olgan yana bir futbolchisi «Real»ning turk-nemis futbolchisi Mesut O’zildir. Gollandiyalik Van Persi hamyurti samolyotda uchishdan qo’rqadigan Dennis Bergkampning, uning vatandoshi Jovanni van Bronkxorst esa futbol dahosi golland Yoxan Kroyf, futbol qirollari Maradona va Pelening o’yinlaridan zavq olib, ularning asl ishqibozlariga aylanishgan. Yevrokuboklar to’purari Raulning o’yinlaridan sibiq jamoadoshlari Iker Kasilyas va Uyesli Sneyderlar orom olishgan. Braziliyalik «Oltin to’p» sohibi Kaka sobiq jamoadoshi Andrey Shevchenkoning o’yinlariga tan beradi. «Barselona»ning ramzlaridan biri Xavi sobiq murabbiy Xosep Guardiola, «Real» va «Barsa»da o’ynagan nemis Bernd Shusterlarni haqiqiy ishqibozi sanalgan. Ukrainalik Anatoliy Timoshuk nemis futboli afsonasi Lotar Matteusning, Diyego esa Del Perolarning haqiqiy ixlosmandlari sanalishadi. Ispaniya terma jamoasi safida eng ko’p gol urgan futbolchi David Vilya vatandoshi Luis Enrikeni, uning termadagi sherigi Fernando Torres esa sobiq jamoadoshi Kikoning o’yinlariga xavas qilishgan. Terma jamoalar uchun eng ko’p gol urish bobida rekordchi eronlik futbol afsonasi Ali Dai Sobiq Ittifoqning eng kuchli darvozabonlaridan biri Rinat Dasayevning o’yinlariga xavas qilgani balki sizni biroz ajablantirar. Ammo bu ayni haqiqat. «Milan» klubining timsoli Paolo Maldini ham sizni biroz ajablantirishi mumkin. Sababi, u bolaligida «Milan»ning ashaddiy raqibi sanaladigan «Yuventus» futbolchilari J.Boniperti va Roberto Battegolarning o’yinlariga xavasi baland bo’lgan. Paoloning xonasida ana shu futbolchilarning rasmlari osilib turgan.

manba: Jorge Andreas Leo (FCB)

Вам может понравиться

Добавить комментарий