Yaguar

Spread the love

Mushuksimonlar oilasidan bo’lgan, Amerikada uchraydigan yana bir yirtqich hayvon — yaguar ham ancha xavfli hisoblanadi.

Braziliya yaguari Shimoliy Amerika yaguaridan badjahillgi va jussadorligi bilan farq qiladi. Shimoliy Amerika yaguarining vazni 130 kilogrammdan oshmaydi, Braziliyada yashaydigan yaguarlarning vazni esa 200 kilogrammgacha boradi. Shunisi ham borki, bu yaguar odamga birinchi bo’lib hujum qiladi. Shuning uchun mahalliy xalq uni yo’lbars deb ataydi. Haqiqatan ham bu yaguar vahshiyligi bilan Hindiston yo’lbarsiga o’xshab ketadi.

Картинки по запросу фото ягуар на охота

Yaguar Timsohga qarshi

Yaguar nihoyatda tajovuzkor, ayyor, qonxo’r yirtqichki, qorni to’q bo’lsa ham biror hayvonni o’ldirmasa ko’ngli joyiga tushmaydi. U faqat o’zi o’ldirgan jonivor go’shtini yeydi, o’ljaning qolganini yeyishga qaytib kelmaydi.

Mato-Gros atrofida chorvachilik fermalari ko’p bo’lganligidan yaguar yeganini yeb, yemaganini o’ldirib «to’qlikka sho’xlik» qilib yuravergan. Bu yaguar itlarning har qandayini majaqlab tashlarkan. Bundan xabardor bo’lgan mahalliy ovchilar yaguarni ovlashdan bosh tortganlar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий