Yong’oqlarning qay biri eng foydali?

Oddiy yong’oq tarkibida deyarli barcha ma’lum antioksidantlar, ya’ni erta tushadigan ajinlar va keksayishning boshqa alomatlaridan himoya qiluvchi moddalar mavjud. Ularda teri va shilliq pardalar salomatligi hamda quyoshda bir tekis toblanish va terining yaxshi rangiga ega bo’lish uchun zarur bo’lgan Ye va A vitaminlari, nafaqat immunitetni mustahkamlaydigan, balki teri hujayralarining yangilanishiga ko’maklashadigan S vitamini ham bor. Yong’oqda rux moddasi ko’p, ushbu mikroelement chiroyli sochlar va mustahkam tirnoqlar uchun juda zarur. Umuman olganda esa, yong’oq nafaqat ayollarning go’zalligini, balki salomatligini saqlashda ham juda foydali mahsulot hisoblanadi. Yong’oqlarning ushbu turi ko’krak bezi saratonining oldini olishga ham ko’maklashadi.

Yeryong’oq – bu yong’oq emas, balki dukkaklilar oilasiga mansub o’simlik hisoblanadi. Unda miya va asab tizimining yaxshi ishlashi uchun zarur bo’lgan V guruhiga kiruvchi vitaminlar juda ko’p. Shuningdek, yeryong’oq tarkibida eslab qolish va diqqat-e’tiborni to’plash qobiliyatini yaxshilovchi moddalar ham mavjud. Miyaga yordam berish uchun kuniga 15-20 dona yeryong’oq tanovul qilish kifoya. Bunda qovurilgan yeryong’oqni tanlagan ma’qul.

Картинки по запросу орех

Gap shundaki, qovurilmagan yeryong’oq ovqat hazm qilish jarayonini buzishi mumkin. Bundan tashqari, yeryong’oqning yupqa po’sti kuchli allergen hisoblanadi, shu bois qovurilgan va tozalangan yeryong’oqni iste’mol qilgan yaxshi. Aytish joizki, yong’oqlar qanchalik mayda va yorqin rangda bo’lsa, ularning ta’mi ham shunchalik boy bo’ladi. Yupqa po’sti och katta yeryong’oqning ta’mi ko’proq no’xatnikini eslatadi.

Bodom – yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilamoqchi va qondagi zararli xolesterin miqdorini kamaytirmoqchi bo’lganlar uchun juda zarur mahsulot. Buni o’tkazilgan qator tadqiqotlar ham isbotlagan. Xususan, AQShlik olimlar bu borada ortiqcha vaznga ega ko’ngillilar orasida o’ziga xos eksperiment o’tkazadi. Semizlarni ikki guruhga ajratib, qonlaridagi xolesterin miqdorini o’lchab ko’rishadi. Natijada, barcha ishtirokchilarda u me’yoridan ziyod ekani ma’lum bo’ladi. Shunda olimlar birinchi guruhning menyusiga bodom yong’oqlarini qo’shadi, ikkinchi guruhga esa yong’oqlar qo’shilmaydi. 18 oydan so’ng “bodomli” guruh ishtirokchilarining qonidagi xolesterin moddasi bir yarim yil davomida yong’oqsiz yashagan ishtirokchilarnikiga qaraganda sezilarli darajada past ekani ma’lum bo’ladi.

Картинки по запросу орех

Bodomning foydasi haqida Buyuk Britaniya tadqiqotchilarining ma’lumotlari ham dalolat bermoqda. Ularning hisob-kitoblariga ko’ra, kuniga 30 g tanovul qilingan bodom infarkt xavfini 47% ga kamaytirishi mumkin ekan! Olimlar buni bodom tarkibida ko’p miqdorda Ye vitamini mavjudligi bilan izohlashmoqda. Ushbu vitamin organizmni erta keksayishdan va yurak kasalliklaridan himoya qiladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий