Yevropa Ittifoqining poytaxti

Belgiya deganda avvalambor ko’pchilikning ko’z oldiga nafis gilamlar, to’qimachilik mahsulotlari va mebel keladi. Bundan tashqari, Shimoli-g’arbiy Yevropada joylashgan mazkur mamlakat Yevropa Ittifoqining poytaxti, shuningdek, yirik sanoat, xizmat ko’rsatish va transport markazi hisoblanadi.

Umumiy maydoniga ko’ra (30,5 ming kv.km) dunyoda 136, aholisining soni bo’yicha (10,5 mln.kishi) 77-o’rinda turuvchi Belgiya Qirolligi dunyodagi eng urbanizasiyalashgan mamlakatlardan biri bo’lib, bu yerdagi aholining 97 foizi shaharlarda yashaydi.

Mamlakat nomining kelib chiqishi ushbu hududda milodning boshlarida yashagan kelt qabilalarining bir urug’i bo’lgan belglar bilan bog’liq. Turli davrlarda Belgiya hududi Rim imperiyasi, Fransiya, Ispaniya va Niderlandiya qirolliklari tarkibiga kirgan. 1830 yilda davlat mustaqilligiga erishdi. Boshqaruv shakliga kura Belgiya – konstitusion monarxiya, davlat boshlig’i – qirol. 

Bryusseldagi Qirol Albert I maydoni. 

Ma’muriy tuzilishi buyicha Belgiya Qirolligi federativ davlatdir. Mamlakat hududida uchta mintaqa – Flandriya, Valloniya va Bryussel – poytaxt, shuningdek, uchta til – fransuz, nemis va flamand tillari xamjamiyatlari mavjud. Har bir mintaqa va til hamjamiyatlari o’zin ing xukumati va parlamentiga ega. Federal xukumat va parlament kursatilgan ma’muriy tuzilmalar faoliyati-ni muvofiklashtiradi. Agar Flamand tili xamjamiyati x,ukumat va parlament ishlarini Flandriya mintaqasi bilan birga yuritishini hisobga olsak, Belgiya Qirolligi hududida 5 ta mustaqil hukumat va 5 ta parlament mavjud.

Belgiyaning tabiati o’ziga xos, relyefi asosan pasttekislik va tekisliklardan iborat. Faqat mamlakat janubidagi Ardenn past tog’lari 500-600 metr balandlikka ega. Iqlimi birmuncha mu’tadil, yozi iliq va yomg’irli, qishi yumshoq. Iyul oyida havo xarorati +30°S ga ko’tarilishi, qishda ba’zan -3-5°S gacha pasayishi mumkin.

Antverpen – olmos savdosi markazi.

Relyef xususiyatlaridan kelib chiqib, Belgiya hududi foydali qazilmalarga boy emas. Mamlakatning ba’zi qismlaridagina kichik ko’mir zaxiralari mavjud. Ammo, nisbatan tekis relyef, mu’tadil iqlim tufayli, Belgiyada haydaladigan yer, o’tloq va o’rmonlarning umumiy yer maydonidagi salmog’i anchagina katta.

Antverpen shahri Yevropadagi ikkinchi yirik dengiz porti bo’lishi bilan bir qatorda, dunyodagi olmos savdosining markazi hamdir.

Mamlakat poytaxti Bryussel shahri Yevropaning ma’muriy markazi bo’lib, bu yerda Yevropa Ittifoqi, Yevropa Parlamenta, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO), Halkaro Bojxona Tashkiloti, Yevropa Energetika Xartiyasi kabi yirik halqaro tashkilotlarning qarorgohlari joylashgan.

Belgiyaga dunyoning turli chekkalaridan ko’plab sayyohar tashrif buyurishadi. Bryussel, Gent, Bryugge, Lyej kabi shaharlar tarixiy obidalarga boy.

Bryussel shahrining bosh maydoni Grand Palasda har ikki yilda bir marta bir necha yuz ming tabiiy gullardan yaratiladigan ulkan «gul gidam», Venesiyaga uxshash suv yo’lli kuchalarga ega bo’lgan Bryugge, tarix va hozirgi zamonni o’zida uyg’unlashtirgan Rent shahri, Bryusseldagi «Atomium», «Mini Yevropa» majmualari va Bazelik dunyo sayyoharining sevimli maskanlaridir.

Atomium.

Grand Palasning yonginasida Bryussel shahrining ramzi bo’lgan «Manneken Pis» haykali joylashgan. Atigi 50 sm balandlikdagi mazkur kichkinagina bola haykalini Bryussel shahriga kelgan har bir sayyoh ko’rmasdan ketmaydi. Rivoyat qilishlaricha, dushmanlar shahar darvozasini portlatmoqchi bo’lganda, bola haykalda turgan holatda yondirilgan pilikni o’chirib, shaharni hujumdan saqlab qolgan emish.

Manneken Pis.

Ushbu haykalchaga butun dunyodagi halqlarning milliy kiyimlarini kiydirish odat tusiga kirgan. Haykalchani goh fazogir, goh amerikalik hindu, ukrainalik kazak, bolqonlik askar kiyimida ko’rish mumkin. Jumladan, 2003 yilda mazkur haykalchaga o’zbeklarning milliy zar choponi va do’ppisi tantanali ravishda kiydirilgan. Boshqa halklar kiyimidagi haykalcha muayyan vaqt (1-2 oy) sayyohlar ko’zini quvontirgach, mazkur kiyimlar maxsus muzeydan joy oladi.

«Mini Yevropa» majmuidan Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha mamlakatlarning diqqatga sazovor joylari kichraytirilgan holda o’rin olgan. Shuningdek, molekula atomlarining joylashishiga monand qilib yaratilgan «Atomium» inshooti 1958 yilda Belgiyada Butunjahon savdo ko’zgazmasini o’tkazish uchun vaqtinchalik pavil­on maqsadida qurilgan. Ammo, qurilmaning o’ziga xosligi belgiyaliklarga ma’kul tushgan va uni saqlab qolishga qaror qilingan.

O’rta Osiyo to’g’risida belgiyaliklar va umuman, yevropaliklar birinchi bo’lib flamand sayyohi Billem Rubrukning (Giy de Rubruk) 1252-1254 yillarda Fransiya qiroli Lyudovik IX topshirig’iga binoan Mug’ulistonga qilgan safari natijalari orqali birmun-cha to’liq ma’lumotga ega bo’lishgan. Rubruk o’zining «Sharqiy mamlakatlarga sayohat» nomli kitobida Marko Polodan oldin O’rta Osiyodagi halqlar, ularning etnografiyasi va geografiyasiga oid qimmatli ma’lumotlarni keltirgan.

Bryusseldagi Bazelik.

Belgiyalik sayyoh birinchi bo’lib Yevropa geografik adabiyotiga «O’rta Osiyo tog’lari» degan tushunchani olib kirgan.

Kortreyk shahrida dunyo tibbiyotining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ulug’ alloma Abu Ali ibn Sinoga haykal o’rnatilgan.

manbaa: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий