Yerqalampir – bu qanday o`simlik

Yerqalampir, xren (Armoracia) — karamdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik turi, sabzavot ekini. Yevrosiyoda 2 turi bor. Oddiy Yerqalampir (A. rusticana) — Yevropa, Hindiston, AQSh, Xitoy, O’rta Osiyoda ekiladi(ildizida  S  vitamini,  efir  moylari,  fitonsidlar  bor).  Iste’mol  uchun  yo’g’on  etli ildizpoyasi (ziravor sifatida) va bargi ishlatiladi. Tupi serbarg. Bargi yashil, cho’ziq, to’p-to’p bo’lib o’sadi. Ildizi tuproqqa 80—100 sm gacha kirib boradi, ildizpoyasi esa tuproqning 30 sm gacha bo’lgan qismida joylashadi.

Yerqalampir yuqori haroratga chidamli, namga talabchan. Ildiz poyalaridan tayyorlangan qalamchalardan (uzunligi 15—20 sm, yo’g’onligi 1 — 1,5 sm) ko’paytiriladi. Kuzda qalamchalar yerto’la yoki issiqxonalarda saqlanadi. Erta bahorda yoki avgust oyida dalalarga qatorlab yoki qo’sh qatorlab ekiladi.

1 ga maydonga 40—55 ming ko’chat ketadi. Kuzda o’suv davri tugagach, ildizmevalari kavlab olinadi. 120—150 s/ga ildizpoya va350—400 s/ ga barg olinadi. Yerqalampir ildizi va bargida turli mineral tuzlar, vitaminlar  va  achchiq  ta’m  beruvchi  sinergii  glikozi-di  mavjud.  Undan  oshqozon  kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Yerqalampir o’ziga xos o’tkir hid va xushbo’y ta’m beradi. Oziq-ovqat sanoatida, turli mahsulotlarni(pomidor, bodring va boshqalar) tuzlashda ishlatiladi. Valkovskiy, Atlant, Suzdal navlari ekiladi.  O’zbekistonda  shaxsiy  tomorkalarda,  fermer  xo’jaliklarida  yetishtiriladi.  O’tloq  Yerqalampir (A.  sisymbrioides) — yovvoyi holda uchraydi. Ildizi iste’mol qilinadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий