Yerning umumiy narxi 5 kvadrallion dollarni tashkil etadi

Olimlar bir necha marotaba yerliklar ekologik bankrotlarga aylanib, sayyoramizning yer resurslarini ishlatib, tugatib bo’lishdi, deya ogohlantirishgan. Ammo yaxshi yangiliklar ham bor. Yer hamon qimmat narxga ega. AQShlik astrofizik sayyoralar narxini xisoblash uchun noyob tenglamani ishlab chiqqan.
Bu formulada Kaliforniya universitetidan Greg Laflin yosh, vazn, harorat va osmon jismlarini inson xayoti uchun yaroqliligini inobatga olgan. Xisob-kitoblarga ko’ra Yer 5 kvadrallion dollarni tashkil etar ekan. Qo’shni sayyoralar narxi qulayliklari kam bo’lgani sababli ancha arzon narxda bo’lib chiqdi.
Shunday qilib, kelajakdagi insonlar koloniyasi – Mars – atigi 14 ming AQSh dollarini tashkil etar ekan. Nega u bunchalik arzon? Balki bu sayyoraga skafandrsiz borib qolgan inson boshi portlab ketishi mumkin bo’lganigadir. Venerada esa iqlim yanada yomon, shuning uchun xam bu sayyora narxi nolga teng.
NASA «Kepler» teleskopi yordamida topilgan inson hayoti uchun deyarli yaroqli bo’lgan 1235 ekszosayyoralarning narxi ham unchalik baland emas. Masalan yaqinda topilgan va iqlimi jixatidan Yerga o’xshaydigan Gilese 581 c sayyorasi atigi 150 ming dollarni tashkil etadi, KOI 326.01 esa 250 ming dollarni tashkil etar ekan. Professorning aytishicha 90 mln dollardan arzon bo’lgan sayeralarni o’rganmasa ham bo’lar ekan.

manba: uzbegim.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий