Yerbodom haqida eshitganmisiz?

Yerbodom, chufa (Cyperus esculentus L.) — hiloldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simlik; bir yillik moyli ekin. Vatani—Afrika. Afrikada (Oq Nil havzasida) yovvoyi holda o’sadi. Misrda miloddan avval 3-asrdan boshlab ekib kelingan. Bo’yi 50—100 sm, bardisimon shaklda o’sadi. Gullari mayda, ikki jinsli, ildizpoyalarining uchi tuganaksimon, yo’g’onlashgan. Namsevar va issiqsevar o’simlik.

Vegetasion davri 110—120 kun. O’rta dengiz mamlakatlari, Ispaniyada, tropik va Janubiy Afrikada, Hindiston, Shimoliy Amerika, qisman O’rta Osiyoda, Rossiyada (Volga bo’yida) bir yillik ekin sifatida ekiladi. Tuganagida 30— 35%  kraxmal, 15—20%  shakar, 20—25%  gacha moy, 3—7% oqsil mavjud.

Hosildorligi quritilmagan tuganak bo’yicha 2—4 t/ga. Yerbodom tuganagidan ovqatga ishlatiladigan, qurib qolmaydigan yog’ olinadi; parfyumeriya, tibbiyot va texnikada ham ishlatiladi. Bargidan qog’oz va arqon tayyorlanadi. Tuganak mevalarining mazasi bodomni eslatadi.

megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий