Yaralarni yopishtiradigan “superyelim”

Avstraliya va AQSh olimlari yaralarni yopishtiradigan “superyelim” yaratdi.

Avstraliya va AQSh olimlari yara chetlarini yopishtirish, o‘pka yoki arteriyalar kabi eng yumshoq va nafis to‘qimalarni o‘zaro biriktirishga qodir biologik “superyelim” yaratdi. Bu haqda Science Translational Medicine jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Картинки по запросу фото суперклей для ран

“Mazkur yelim qo‘llanadigan sohalarning cheki yo‘q: jang maydonida yoki turli falokatlardan so‘ng yaralarni yopishtirishdan tortib klinikalardagi turli murakkab jarrohlik operatsiyalarigacha. Biz u boshqa yelimlar yordamida hal etib bo‘lmaydigan muammolarni bartaraf etishi mumkinligini ko‘rsatdik. Odam bilan bog‘liq tajribalarga kirishishga tayyormiz va MeTro yaqin orada kishilar hayotini qutqarishni boshlashiga ishonamiz”, — dedi Sidney universiteti vakili Entoni Vayss.

Tadqiqotchilar mazkur yelimni sichqonga cho‘chqalardagi tajribalar davomida sinab ko‘rdi hamda shikastlangan arteriya va o‘pkalarni yopishtirishda foydalandi. Ikki holatda ham yelim to‘liq so‘rilganidan so‘ng yara butkul bitib ketdi va barcha operatsiya qilingan jonivorlar omon qoldi.

Biologlar yaqin orada shunday tajribalarni ko‘ngillilarda o‘tkazishga ruxsat olishlari va bu MeTro’ni klinik amaliyotda qo‘llash uchun yo‘l ochishiga umid bildirmoqda.

Вам может понравиться

Добавить комментарий