Yangi smartfon olganlarga 5 ta muhim maslahat

Yaqinda smartfon sotib oldingizmi? Unda smartfondan uzoq va unumli foydalanish uchun quyidagi 5 maslahatga amal qiling.

Smartfonni himoya qiling

128

Birinchi navbatda, uni moddiy jarohatlardan himoyalash choralarini ko‘ring. Ya’ni, maxsus g‘ilof sotib oling. Qimmat bo‘lsa ham, smartfon va siz haqingizda yaxshi taassurot qoldiradigan g‘ilof tanlang.

Ekranga uni himoyalovchi yuza yotqizing

129

Telefon displeyi uning eng qimmat detali. Va, unga jarohat yetsa, ishlab chiqaruvchi tomonidan displey kafolatga olinmaydi. Ekranga darz ketsa yoki sinsa ozmuncha pul sarflanmaydi. Unga shisha yoki tirnalishni oldini oladigan maxsus plenka yotqizing.

Smartfonni o‘zingizga moslab oling

130

Fondagi suratlarni o‘zgartiring, ilovalarni guruhlarga bo‘ling, qo‘shimcha imkoniyat va rejimlarni o‘rganing, harakat yoki ishora orqali boshqarish yo‘llari haqida ma’lumot to‘plang. Buning uchun internetga kirib, ishlab chiqaruvchi yoki insayderlar saytlaridan ma’lumot oling. Himoya tizimini takomillashtiring. Keraksiz ilovalarni bosh menyudan olib qo‘ying.

Qiziqarli va foydali ilovalarni yuklab oling

Ilovalarni ishonchli manbaa va onlayn do‘konlardan oling. Aks holda, telefon platformasi virusli fayllar sabab zararlanishi mumkin.

131

Fitnes va salomatlik, sayohatga oid ilovalar, antivirus, ommabop ijtimoiy tarmoqlar, fayl menejerlar ilovalarini, surat tahrirlash va yangiliklar saytlarining ilovalari siz uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Operatsion tizimni yangilab turing

Smartfon tizimi vaqt o‘tib eskiradi va bu uning faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ham, ishlab chiqaruvchi muntazam ravishda operatsion tizimning yangi qulaylik va funksiyalar o‘rin olgan talqinlarini ishlab chiqaradi. Ko‘pchilik uni yangilash kerakligini bilmaydi.

132

Buning uchun sozlamalar menyusiga kirib, so‘nggi yangilanishni yuklab oling. Shuningdek, bu yangilanish funksiyasini avtomatik rejimga qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

Xulosa

Bularga amal qilib borsangiz, keyingi 2 yil mobaynida smartfon sizni zeriktirib qo‘ymaydi va yaxshi faoliyat ko‘rsatadi.

manba: mantiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий