Yanada qiziqarli faktlar

Shaxmat bo’yicha dunyo chempioni Vladimir Kramnikning shaxmat dasturi Fritz bilan o’ynayotgan payti esnashi uning mag’lubiyatiga sabab bo’lgan.

  • Angliya hududida bir vaqtlar begemotlar bo’lgan.
  • Nafaqat qushlar, balki ba’zi turdagi kapalaklar ham ko’chib yuradilar (migratsiya).
  • Koreyada loviyali sho’rva yovuz ruhlarni cho’chitadi, degan aqida bor.
  • Mashhur banklardan birining shiori quyidagicha: “AQSh eksport qilar ekan, Amerika ishlayveradi”.
  • Ingushetiyaning 60% qishloqlarida hech kim istiqomat qilmaydi.
  • Ovozsiz kinoda qatnashgan, hozirda hayot bo’lgan aktyorlarning eng keksasi – Yoxannes Xesters 106 yasharligida ham teatr sahnasida o’ynagan.
  • Dastlabki parovoz 1802 yilda qurilgan. Ikkinchisi uchun esa patent 1804 yili olingan.
  • Sun’iy ravishda mallasoch go’zalga aylanish bu yangi odat emas. Qadimgi Rimda ham ayollar sochlarini sariqqa (qo’shiqda aytilganidek) bo’yaganlar.
  • Dunyodagi eng chuqur ko’llardan biri sanalgan Sarez ko’li atigi yuz yil ilgari paydo bo’lgan.
  • 2007 yilda Glazgo shahri kengashi multserial qahramoni Skrudj  Makdakni o’zining eng mashhur fuqarolari ro’yxatiga qo’shdi.
  • Yapon ayollarining an’anaviy libosi – tomesode nafaqat chiroyli, balki anchagina funksional hamdir.
  • Amerika tibbiyotida negrlarni kaltaklash va og’ir ishlar buyurish orqali ishyoqmaslikdan davolash tavsiya qilingan.
  • Chandigarx shahri bir vaqtning o’zida ikkita hind shtatining markazi hisoblanadi. Ammo, ma’muriy jihatdan hech birovining tarkibiga kirmaydi.
  • Aydaho (Idaho) shtatining eng qadimgi universiteti Moskva shahrida joylashgan (AQSHdagi Movkva shahrida).
  • O’rta asrlarda ritsarlar “qotil  tuynuklar” dan juda qo’rqishgan.
  • Fransiyaning dastlabki ensiklopedistlaridan biri quvg’inga hukm qilingan, kitoblari esa yondirib yuborilgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий