Yanada g`aroyib faktlar

• Dunyo bo’ylab futbol uchrashuvlarida ikki yuz yigirmata yurak xuruji tutib qolishi qayd etilgan. Bu faqat stadionlarning o’zida. Mazkur ro’yxatga televizor qarshisida o’tirib, yuragini changallab qolganlar kiritilmagan.

• 1964-68 yilllarda Ispaniya terma jamoasida futbol o’ynagan Xesus Manuel Devota eshkak eshish bo’yicha ikkita olimpiada oltin medalining sohibi edi. Xuddi ana shu terma jamoa o’yinchisi Mesa Lusido esa sportdan ketganidan so’ng, ya’ni 1969 yilda P.Chaykovskiy musiqasi bo’yicha Moskvada o’tkazilgan tanlovda Barselona shahri orkestri safida ishtirok etgan.

• Avstraliya davlati golf-klubi nizomida shunday jumlalarni uchratasiz: “…agar golf koptokchasi kenguruga tegsa, hech nima bo’lmagandek o’yin davom ettirilaveradi…”

• 1850 yilda golf uchun mo’ljallangan koptokchalar charmdan tayyorlanib, ichiga pat tiqilardi.

• Milliy basketbol uyushmasi o’yinlarida uch ochkolik hudud o’lchovi 6,7 metrga teng. Bu boradagi jahon standarti esa – 6,25 metr.

• Tarixiy shaxslar orasidan eng ko’p kino sahniga olib chiqilgan shaxs – bu Frantsiya imperatori Napoleon Bonapart bo’ladi.

• Taniqli okeanograf Jak Iv Kustoning “Sukutli dunyo” filmi suv ostida suratga olingan bo’lib, rangli kinoprlyonkaga tushirilgan birinchi film hisoblanadi.

• Taniqli yozuvchi Artur Konan-Doylning Sherlok Xolms qahramonini 80 dan ortiq aktyorlar ijro etishgan. Angliya kino tanqidchilarining fikriga ko’ra, Xolms rolini eng yaxshi ijro etgan aktyor deb Vasiliy Livanov topilgan. Ma’lumki, u o’shanda Igor Maslennikovning “Sherlok Xolms va doktor Vatson” telefilmida suratga tushgan edi.

• Rejissyor Stenli Kubrik “Yopiq ko’zlar bilan keng dunyoga qarab” filmi montajidan to’rt kun o’tib vafot etgan edi. Kinoishqibozlar orasida hali hanuz shunday bahs yuradi: Rejissyor filmni yakunlaganmi yoki u filmga yana o’zgartirish kiritishi kerakmidi?

• Endi Serkis o’zining filmi “King Kong” filmidagi personajining hatti-harakatlarini yaxshiroq tushunish uchun Ruanda mamlakatiga tashrif buyurib Gorillaning harakatlarini kuzatgan.

• Qo’rqinchlar to’g’risidagi “Xellouin” filmi (AQSh, 1978 yil) filmi atigi 21 kun ichida bir guruh entuziastlar guruhi tomonidan o’z pullariga suratga olingan. Film byudjetining qanchalik kamligini bilish uchun barcha aktyorlar bu filmda suratga tushish uchun o’z kiyimlaridan foydalanishganini aytish kifoya.

• Jahonga mashhur “Bitlz” guruhi 1967 yilga kelib stadionlar va katta sahnalarda kontsert berishdan bosh tortishdi. Bunga sabab kontsert paytida bo’ladigan shovqinlarning ularning kontsertiga xalaqit berganligi va jonli ijro uchun imkoniyat qoldirmaganligi edi. Shundan so’ng ular gramplastinkalarga va filmlarga qo’shiq yoza boshlashdi.

• Yigirma birinchi asr boshlariga qadar Janubi-Sharqiy Osiyodagi buddaviylar mamlakati – Butanda kinofilm ishlash va qo’shiqchilik ta’qiqlangan edi.

• 1978 yilda KXDR davlati rahbari Kim Chen Irning buyrug’iga binoan Janubiy Koreyalik rejissyor Shin Sang Ok o’g’irlanadi. Bundan maqsad “Pulgasari xazinasi” filmini suratga olish va unda diktator rol ijro etishi lozim edi.

• “Garri Potter” filmidagi yovuz sehrgar Bellatriks Lestreyndning ushbu nomi Bellatriks yulduzi sharafiga atalgan edi.

• Rixard Vagnerning “Nibelung uzugi” operalar tsikli ilk bor ijro etilganda 4 kecha davomida 15 soatdan ko’proq ijro etilgan edi. Bastakor bu ijod namunasini yaratish uchun 25 yil umrini sarflagan.

• Dunyoga mashhur “Cho’qintirgan ota” filmi garchi mafiya olami haqida bo’lsa ham, film davomida biron marta ham “mafiya” so’zi uchramaydi.
• Charli Chaplinning birinchi ovozli filmi “Buyuk diktator” deb atalib, unda Gitler satira qilingan edi. Katta xavf bilan ekranlarga chiqarilgan ushbu film antigitlerchi mamlakatlarda katta muvafaqqiyat qozondi. Darvoqe, Charli Chaplin asli angliyalik bo’lib, har kuni soat 7:00 da turgan. Uni undan erta yoki kech uyg’onganini hech kim ko’rgan emas ekan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий