Yaman respublikasi

Yaman respublikasi — Janubiy G’arbiy Osiyodagi, Araviya yarimorolining janubiy qismida joylashgan davlat.

Rasmiy nomlanishi Yaman Respublikasi
Mustaqillik kuni 1990 yil 22 aprel kuni (birlashgan)
Rasmiy tili Arab
Poytaxti Sana
Yirik shaharlari Sana, Aden, Taiz, Xodeyda, Al Mukalla
Boshqaruv shakli Parlament respublikasi
Maydoni 528 ming km.kv (dunyoda 48-o’rinda)
Suv sathidan yuqoriligi
Aholi soni (2005) 20,3 mln kishi (dunyoda 51-o’rinda)
Zichliga 1 km.kv. ga 38,4 kishi
Pul birligi Yaman riali (YER kod 886)
Internet-domen .ye
Telefon kodi +967
Soat millari UTC+3

Похожее изображениеGeografik joylashuvi. G’arbda Yaman Qizil dengiz suvlari, janubda va sharqda — Aden ko’rfazi va Araviya dengizi suvlari yuvib turadi. Shimolda Saudiya Arabiston, sharqda esa Oman bilan chegaradoshdir. Shuningdek, Qizil va Araviya dengizlaridagi bir qancha orollar Yaman hududiga kiradi. Mamlakat hududining shxminan 2/3 qismini, o’rtacha balandiligi suv sathidan 2000-2500 m keladigan – Yaman tog’lari (Djebel) egallaydi. Mamlakatning g’arbida Qizil dengiz bo’ylab, yer kurrasidagi eng qaynoq joylardan biri bo’lgan — Tixama cho’li yoyilgandir. Ko’plab cho’g’i so’ngan vulqonlar uchrab turadi. Muntazam oqib turadigan daryolar yo’q. O’simlik qoplami asosan cho’lli va yarim cho’lli hududlardir, oazis atroflarida xurmo palmalari o’sadi. Tog’ etaklarida — daraxt va mayda ko’chatli o’simliklar o’sadi. Sokotra oroli o’zining noyob tropik o’simliklari bilan ajralib turadi. Iklimi tropik bo’lib, xududlarning katta qismida havo quruqdir. Havo haroratining o’rtacha almashib turishi, yanvar oyida: +25° S, iyun oyida: +21°Sdan +32° S gacha tashkil etadi. Shimoldagi eng ko’zga ko’ringan daryolar – Mur va Madab, janubiy hududdagisi esa — Masila. Hayvonot olami judayam boy na turfa xildir. Bu yerda ko’plab baliq turlari: akulalar, barrakuda, delfinlar, dengiz toshbaqasi va h.k. ni uchratish mumkin.

Ma’muriy taqsimlanishi. Yamanda 20 ta gubernatorlik (muhafaza)lardan iboratdir, ular esa o’z navbatida 326 tumanga bo’linadi. Har bir gubernatorlik boshida prezident tomonida tayinlangan gubernator turadi.

Картинки по запросу фото йемен

Yamanning tungi ko`rinishi

Aholisi va dini. Aholining etnik tarkibi: arab-yamanliklar — 96. %, hind xalqlari — 2 %, somaliyliklar — 1 % n tashkil etadi. Mamlakatda shuningdek: pokistonliklar, efiopiyaliklar, yevropaliklar va yahudiylar yashaydi. Arab til mamlakatning rasmiy tili hisoblanadi. Aholining katta qism davlat dini bo’lgan Islom diniga ibodat qiladilar. Ko’pchili yamanliklar (60 %) islomning sunniy yo’nalishida ibodat qiladilar.

Siyosiy tizim. Yaman — O’z prezidentiga ega, unitar respublika hisoblanadi. Hozirgi amaldagi konstitusiya 1991 yil 16 may kuni qabul qilingan. Bu konstitusiyaga ko’ra, xalqga tegishli bo’lgan hokimiyat, butun hokimiyatlarning asosi hisoblanadi. Davlat boshlig’i — Prezident bo’lib, keyingi muddatga saylanish huquqi bilan, umumsaylov yo’li orqali 7 yilga saylanad. Ijroiya hokimiyati Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Prezident bir vaqtning o’zida Bosh qo’mondon hisoblanib, Vise-prezident, Bosh vazir va uning o’rinbosarini tayinlash va Milliy mudofaa va Maslahat Kengashini saylash huquqiga egadir. Vazirlar Mahkamasi davlatdagi; oliy ijroiya va ma’muriy hokimiyatni tashkil etadi. Shariat qonunchylikning asosi hisoblanadi. Qonunchilik hokimiyati! vakillar Palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy sud tizimi, Islom qonunlari, turkiya qonunlari, odsiy ingliz qonunlari va mahalliy qabila qonunlariga asoslangandir. Hozirgi kunga qadar Yamanda qabila munosabatlari xukmronlik qilib, shayxlar joylarda cheksiz ta’sir kuchi va hokimiyatga egadirlar. Rasmiy hokimiyat va qabilalar o’rtasida to’qnashuvlar ko’plab uchrab turadi. Yamanda ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Yaman — BMT, HVF va Arab mamlakatlari Ligasi a’zosidir.

Iqtisodiyoti. Iqtisodiyotning asosiy tarmokdari — yer xo’jaligi, paxtachilik, qahva va mevachilik. Qoramolchilik va baliqchilik katta ahamiyatga egadir. Azaliy iqtisodiyot tarmog’iga, oziq-ovqatni va mamlakatga valyuta tushumlarining asosini tashkil etuvchi baliqchilik hisoblanadi. Shuningdek, Qizil dengizda dur yig’ish va qayta ishlash bilan shug’ullaniladi.

Картинки по запросу фото йемен

Yamanning ko`cha bozorlari

Neft, osh tuzi, gips, shag’al, mramor, temir rudasi qazib olinadi. Asosiy tarmoqlarga — neftni qayta ishlash, energetika, qurilish, oziq-ovqat, tekstil va paxtani tozalash sanoati kiradi. Yamanda milliy hunarmandchilik, uy jihozlari ishlab chiqarish, teri poyafzal, temirchilik, zargarlik va sovuq qurol ishlab chiqarish bilan doimiy ravishda shug’ullanib kelinadi. Eksport-uchun: neft va neft mahsulotlari, qahva urug’lari, baliq, teri xom ashyosi va paxta yetkazib beriladi. Import orqali: oziq-ovqat pa qoramol, mashina va uskunalar olib kelinadi. Asosiy tashqi savdo hamkorlari — Hindiston, Tailand, XXR, Koreya respublikasi, Malayziya, AQSh va Singapur.

Картинки по запросу фото йемен

Yaman poytaxti Sana shaxri

Tarixi. Err.avv II asrlarda Yaman hududida janubiy Arabiston sivilizasiyasi shakllanib: Xadramaut, Kataban, Ausan, Saba, Main kabi davlatlar vujudga kelgan. Err.avv IV asrdan VI asrga qadar Yaman hududi Abissin qirolligi va Forsiylar tomonidan bosib olingan, VII asrdan boshlab Yaman Arab musulmon xalifaligi tarkibiga kiradi va mamlakatda Islom dini tarqala boshlaydi. XVI asr boshlarida mamlakat Usmoniylar davlati tarkibiga kirib, 1633 yili zayditlarning imomati bo’lib mustaqil davlatga aylanadi. 1839 yidy Janubiy Yaman Buyuk Britaniya hukmornligi ostiga o’tadi.1918 yili Zayditlar imomi boshchiligidagi mustaqil Qirollik e’lon qilinadi. 1962 yili shimoliy Yamanda, Yaman arab respublikasi e’lon qilinadi. 1967 yili Janubiy Yaman mustaqilligi (1970 yildan boshlab Yaman Milliy Demokratik Respublikasi) e’lon qilindi. 1990 yil 21 may kuni bu ikki davlat Yaman Respublikasiga birlashadi. 1991 yili konstitusiya umumxalq roziligini oldi. Ammo mamlakatda janubliklar va shimolliklar o’rtasida mojarolar kuchayib bordi va 1994 yili yirik harbiy to’qnashuvga olib keldi. Bu to’qnashuv shimolliklarning g’alabasi va birlikni mustahkamlanishi bilan yakun topdi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий