Xotira va aqliy sport rekordlari haqida

Vanihoyat, Ginnes Rekordlari Kommiteti Xotira Sporti va Aqliy sportlarni o’zining navbatdagi kitobi sonigi qo’shdi. Oldinlari xotira sportini ular mensimagan yoki bo’lsa boshqa insonlar uchun zerikarli deb bilgani tufayli qo’shmasdan keldi lekin 2014 yildan boshlab kitobning ikki sahifasi butunligicha Aqliy Sportning yutuqlari bilan to’ldi!!

Ginnesning Rekordlari kitobi bu dunyo bo’ylab inson hamda tabiatning noodatiy holatlarini rekordlarini nashr qiluvchi yillik chop etiladigan kitob. Kitobning o’zi ham eng ko’p sotilingan kitob sifatida record natijaga erishgan. Kitob 1955 yildan beri chiqyotganini hisobga olsak, o’zining keng muhlislariga ega ham bo’lgan. Qizig’I, ushbu kitob AQSH da kutubxonadan o’g’irlanadigan eng ko’p kitob hamdir. Insonlarning ajabtovur hislatlarini yozib borishga moslashgan bo’lib, bu “fishka” ba’zida odamlarni maxsus Kitob uchun kirishga turli jasoratlarni ko’rsatishiga ham sabab bo’lib kelmoqda.

Oldinlari xotira sportiga Ginnes rahbariyati mensimaslik bilan qarab, bu aqliy qobilyatlarni kitobga qo’shmaslikka qaror qilgandi. Shuning oqibatida Toni Buzan rahbarligida aynan shu gaplariga qasddan Aqliy Savodxonlikni alohida rekordlari tuzib kitob qilib chiqarish rejalashtirilgandi. Ammo mana bu yil ular Xotira sporti, aqliy ko’paytirish kabi qobilyatlar vanihoyat o’zining kitobiga qo’shishga ahd qilishdi. Bu albatta barcha xotira sporti vakillari tomonidan kata hursandchilik bilan qabul qilindi. Aytib o’tish kerakki oldinlari xotira sportchisi 5 minutda 100 ta raqamni eslaganda, olimlar bu insoniyat uchun chegara va eng cho’qqiga erishdik degan bo’lsa , hozirda 5 minutda 500 ta raqam eslaganini eshitgan olimlar lol qolishdi.

Qisqacha Ginnes Rekordlariga kirgan xotira sporti vakillari yoki Jahonning eng kuchli Mnemonistlari haqida :

Boris Konrad – 15 minut ichida 201 ism-sharif hamda inson yuzlarini birgalikda eslab qoldi!

Картинки по запросу фото Boris Konrad

Simon Reynhard – 21.19 sekund ichida o’ynovchi kartalarni 52 tasini birma-bir ko’rib chiqib hammasini o’rni o’rni hamda kartaning belgisini eslab 100% aniqlikda eslab qolgan.!

Картинки по запросу фото Simon Reinhard

Yohannes Melou esa 5 daqiqa mobaynida  131 ta tarixiy sanani yodida saqlab qola olgan!

Картинки по запросу фото Йоханнес Маллоу рекорд

Ben Pridmor 30 minutda aniq 17 dona o’ynovchi kartalarni eslab qolib hammani larzaga slogan (884 dona axborot).

Картинки по запросу фото Ben Pridmore

 Undan tashqari aql va xotira nomli bobda eng tez 10 xonali sonlarni miyasida qo’shuvchi, ko’paytiruvchi, ildizdan chiqaruvchi, rubik kubikni tez o’ynovchi , kalendarlarni tezda hisoblay oladigan bir qancha insoniyatning rekordlari yozib borilgan!

Bu Ginnesning Rekordlari kitobiga kirgan shaxsan o’zim taniydigan insonlarga qarab, bir xulosamni aytaman. Ularning deyarlik hammasi  0 dan boshlagan , to’g’ri qaysidur ma’noda tabiatdan talant sohibi bo’lishi mumkin ammo hammasi qattiq mehnat, aniq strategiya, to’g’ri texnika va tuganmas motivatsiya natijasining mevasi. BUnga hech ham shubha qilishning keragi yo’q.
Inson qobilyatlari cheksiz va biz doimo yangidan yangi rekordlarni urishdan charchamaymiz!! Va bu xotira sporti uchun bajarilgan ishdan o’zimni , Mnemonist an’analari davomchisi va xotira sportchisi sifatida, faxrlanishimga sabab bo’ldi. Balkim yaqin kelajakda Olimpiada o’yinlariga ham davogarlik qilar , kim bilsin , ertaga nima bo’lishini bilmaysan kishi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий