Xitoyning “Haier” kompaniyasi o`z “aqlli” soatlarini taqdim etdi

Xitoyning “Haier” kompaniyasi proyektor o‘rnatilgan “ASU Watch” nomli “aqlli” soatlarini taqdim etdi.

Ushbu soat ma’lumotni nafaqat ekranda aks ettirishi, balki sohibining qo‘liga ham proyeksiya qilish imkoniyatiga ega.

“MWC-2018” ko‘rgazmasida xitoyliklar proyektorli soatning ishlayotgan nusxasini namoyish etishdi. Qurilma 480×854 piksel ko‘rsatkichga ega bo‘lib, o‘rnatilgan ekrani tasvirni katta yuzaga tushirib beradi. Proyektor ikki rejimda ishlashi, ya’ni ma’lumotni qaytarishi yoki ekranga bog‘liq bo‘lmagan holda tasvirni aks ettirishi mumkin.

Qurilma shunchaki zerikarli bo‘lmasligi uchun tadqiqotchilar uni bir nechta ermak-ovunchoq dasturlar bilan ham boyitdi. Masalan, soat ekraniga chizib yoki rasm solib, uning natijasini qo‘lda aks ettirish mumkin. Biroq, dastur qo‘l panjasining harakatida tasvir buzilishi kabi muammolardan xoli emas.

Bu borada “Samsung” kompaniyasi ham ish olib borayotganini bilgan xitoyliklar raqobatchisini kutmay, “ASU Watch” soatlarini 2018 yilning o‘zidayoq Xitoyda sotishni rejalashtirmoqda.

Вам может понравиться

Добавить комментарий