Xitoyliklarning sun’iy tuxumlari zararlimi?

Bugungi kunda Xitoy ishlab chiqarish, qayta ishlash, u yoki bu mahsulotning sun’iy nusxasini yaratish borasida dunyoning yetakchi davlatlaridan biri sanaladi.

Odatda xitoylik olimlar ishlab chiqarish sirlarini hyech kimga oshkor qilishmaydi. Qayta ishlab chiqarish va sun’iy ishlab chiqarish sirlari haqida-ku, aytmasa ham bo’ladi.

Картинки по запросу искусственный яйцо китайский

Hozirda xitoylik olimlar sun’iy ravishda hosil qilayotgan oziq-ovqatlar mavzusi tobora ommalashib bormoqda. Chunki bunday oziq-ovqat mahsulotlari ko’rinishi jihatidan haqiqiysidan farq qilmasa-da, organizmga bo’lgan salbiy ta’siri juda xavfli. Bugungi kungacha, kartondan yasalgan bulochka, kimyoviy tovuq, kimyoviy lag’mon, sun’iy go’shtlar aynan xitoyliklar tomonidan o’ylab topilgan va dunyo bo’ylab savdoga chiqarilgan.

Bugun e’tiborinigizni xitoylik “olimlar” yaratayotgan sun’iy tuxumlarga qaratmoqchimiz. Sun’iy tuxumlar juda mustahkam, ular uncha-muncha og’irlikni ko’tara oladi. Oddiy tuxum esa…

Oddiy tuxum

Tovuq tuxumi tarkibida yog’, oqsil, glyukoza, uglevodlar, mineral moddalar, ko’plab foydali fermentlar, shuningdek, A, Ye, D, B vitaminlari bor. Tarkibidagi xolesterin esa ham foydali, ham zararli.

Sun’iy tuxum

Sun’iy tuxum esa sanab o’tilgan ana shu vitamin va mineral moddalardan holi. Boshqacha qilib aytganda, uning tarkibida hyech qanday foydali narsa yo’q. Tuxum po’stlog’i, “nozik” bo’lishi uchun gips, kalsiy va parafindan yasalgan.

Картинки по запросу искусственный яйцо китайский

Tuxum oqi va sarig’ini esa bir qator bo’yoqlarni qo’shgan holda jelatin, kalsiy alginatdan tayyorlanadi. Iste’mol qilinganda yuqorida aytib o’tganimdek, sun’iy tuxumni haqiqiysidan farqlash mushkul.

Agar o’zingiz bilmagan holda bunday tuxumning bir nechtasini iste’mol qilsangiz, ahvolingiz yomonlashishi mumkin.

Sun’iy tuxumni bir necha marta iste’mol qilish inson asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bolalarda esa harakatning kuchayishi, aqliy salohiyatning esa susayishi kuzatiladi.

Sun’iy tuxum qanday tayyorlanadi?

Agar sun’iy tuxumni qay tarzda tayyorlashlariga qiziqayotgan bo’lsangiz, bu borada ham ma’lumot beramiz.

Xitoyliklar chiqindidan ham san’at asarini yaratishda ustasi farang bo’lib ketishgan. Aynan tuxumni sun’iylashtirishda ham ular ana shu ustalikni ishga solishgan.

Sun’iy tuxumni tayyorlash uning sarig’idan boshlanadi. Kimyoviy moddaga sariq rang qo’shilib, u tuxum sarig’i kattaligidagi shakl ichiga solinadi.

Похожее изображение

So’ng u kaliy karbonadga botiriladi. Bu tuxum sarig’i ustida himoya pardasi hosil bo’lishi va u sotilib, iste’mol qilinguniga qadar tuxum sarig’ining oqib ketmasligi uchun qilinadi.

Tuxum sarig’ining ustki qismiga esa tuxum sarig’i yopishtiriladi. So’ng u ham kaliy karbonadga botiriladi. Qarabsizki, tuxum oqi ustidagi himoya pardasi ham tayyor. Shundan so’ng, tayyor tuxum parafin, kaliy karbonat va gips kukuni aralashmasiga botiriladi.

Tuxum quritilgach, uni tovuq tuxumidan deyarli ajratib bo’lmaydi. Albatta, bunday tuxumni yaratishdan ko’zlangan maqsad, avvalo mablag’ topishdir. Oddiy kimyoviy moddalardan sun’iy tuxumni yaratish orqali xitoyliklar juda katta foyda ko’rishadi. Ammo bunday tuxumlarni o’zlari aslo iste’mol qilishmaydi.

Ma’lumotlarga ko’ra, sun’iy tuxumning narxi tovuq tuxumi narxining 25 foizini tashkil etar ekan. Ularni haqiqiy tuxumdan ancha arzon sotilganda ham katta foyda olish mumkin. Shu sababli Pekin, Shanxay, Guanchjou kabi Xitoyning yana boshqa shaharlariga safar chog’ida sayyohlar o’zlari bilmagan holda ana shunday tuxumlarni xarid qilib va iste’mol qilishlari mumkin.

Sun’iy tuxumni haqiqiysidan ajratib olish.

Odatda sun’iy tuxumni tovuq tuxumidan ajratib olish juda qiyin. Axir narxi va ko’rinishida farq yo’q-ku?

Biroq ularni ajratishning sirlari bor. E’tibor bering, sun’iy tuxumning ustki qismi haqiqiy tuxumnikiga nisbatan yaltiroq bo’ladi.

Tuxumni chaqing va idishga solib bir muddatga qoldiring. Vaqt o’tishi bilan tuxum sarig’i va oqi bitta massaga aylanadi. Axir ular bir-biriga o’xshagan massadan tayyorlangan. Rangi 2 xil xolos.

Картинки по запросу искусственный яйцо китайский

Tovuq tuxumi suvda qaynatilgach, 6 soat davomida muzlatkichda turganidan so’ng, tuxum sarig’i yashilsifat tusga kiradi, maydalanadi. Sun’iy tuxum esa sariqligicha qolaveradi. Maydalanish o’rniga qattiqlashadi, so’ng jelega o’xshab qoladi.

Albatta, bu kabi sun’iy oziq-ovqat mahsulotlarini yaratishni butunlay to’xtatishning imkoni yo’q. Chunki pul topish istagida har qanday narsaning analogini yaratish istagidagi tadbirkorlar hamisha topiladi.

Shunday ekan, ularni ajratishni bilsak, o’zimizni va biz uchun aziz bo’lgan insonlarni xavfdan himoya qilgan bo’lamiz.

Вам может понравиться

Добавить комментарий