Xitoylik tadbirkor “boing”dan restoran yaratdi

Yaqinda xitoylik tadbirkor Li Yanu Uxan shahrida haqiqiy aviaqurilmada noodatiy restoran yaratdi. U o’zining restorani – “Boing – 737”ni 2013 yilda kasodga uchragan aviakompaniyadan 5 million AQSh dollariga sotib olgan edi. Restoranga tadbirkor turmush o’rtog’ining nomi berildi.

Kafening samolyotga o’xshashi Li Yanuni qoniqtirmadi. U bu yerda uchayotgan samolyotdagi kabi muhitni yaratish, eng yaxshi aviakompaniyalardagi kabi xizmat ko’rsatish me’yorlarini o’rnatishni xohladi. Ishga qabul qilish uchun xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga “samolyot”dagi kabi talablar mavjud. Har bir xodim bortda xizmat ko’rsatish bo’yicha tegishli yo’riqlardan o’tadi.

Restoranga kirish ham samolyotga chiqishni eslatadi, ya’ni trap orqali yuqoriga ko’tariladi. Kafe bir vaqtning o’zida 70 nafar mehmonni qabul qilishi mumkin. Ovqatning narxi 25 dan 40 AQSh dollariga boradi. Tadbirkor bundan keyin turli xalqlarning oshxonasiga tegishli oshpazlarni jalb qilib, o’z mijozlari sonini ko’paytirishga qaror qilgan.

manbaa: soglom.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий