Xitoylik olimlar ozishda qahvadan ishonchli yordamchi yo’qligini aniqlashdi…

Guanchjou universiteti olimlari navbatdagi tadqiqotlar natijasida qahvaning inson organizmiga yana bir foydali jihatini aniqlashdi. Ma’lum bo’lishicha, qahva odamga ortiqcha yog’lardan xalos bo’lishda yaqindan yordam berarkan. Bunga ikkita sabab bor. Birinchi sabab shuki, qahva organizmga kirgach, metabolizmni 3, 11 foizga oshirib, ortiqcha yog’larni qo’zg’atadi va ular yog’dan quvvatga aylanishini ta’minlaydi. Ikkinchi sabab esa oddiy. Qahva inson organizmiga qo’shimcha quvvat ato etadi. Bu sport bilan shug’ullanishda juda asqotadi. Ana shuning evaziga organizm ozish pallasiga kiradi. Buning uchun sport bilan shug’ullanishdan yarim soat oldin albatta qahva ichish tavsiya etiladi.

Lekin qahvani kuniga to’rt chashkadan oshirmaslik kerak. Me’yordan oshganda, u miyadagi xavotir, qo’rquv, hayajon uchun javobgar to’qimalarni sergak torttiradi, yurak urishini ikki barobarga tezlatib yuboradi.

manbaa: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий