O’rmon shahar loyihasi italiyalik arxitektor Stefano Boyeri tomonidan yaratilgan. Bunday ilk shahar Guansi-Chjuan muxtor tumanida paydo bo’ladi va Lyuchjou shahri bilan tezyurar poyezd orqali bog’lanadi.

Yangi shaharda 40 mingta daraxt va yarim millionga yaqin boshqa o’simliklar bo’ladi. Bu o’simliklar birgalikda yiliga 10 ming tonna karbonat angidrid yoki deyarli 60 tonna zararli moddalarni qayta ishlay oladi.

Arxitektorlar va ekologlar o’simliklar nafaqat shaharni tozalashi, balki minglab qushlar, hasharotlar va jonzotlar uchun uyga aylanishiga umid bog’lashmoqda.

manbaa: geografiya.uz