Xitoyda chaqaloq ota-onasining o‘limidan 4,5 yil o‘tib dunyoga keldi

Xitoy sharqidagi Isin shahrida yashovchi yosh er-xotin Shen Sze va Lyu Si 2013-yil martida yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan edi. 

Er-xotin bepushtlikka qarshi davolanayotgan, natijada to‘rtta yashovchan embrion olingan, ammo uni Lyu Sining bachadoniga ko‘chirib o‘tkazishga ulgurishmagan edi, deb yozadi Deti Mail.Ru..

Er-xotinning o‘limidan keyin ularning ota-onalari embrionlarni meros qilib olish uchun sud orqali kurash boshladi, chunki Xitoyda bungacha shunga o‘xshash holat kuzatilmagan edi.

Oxir-oqibat bo‘lg‘usi bobo-buvilar barcha sudlarda yutib chiqdi, so‘ng Laosda surrogat ona topdi (Xitoyda surrogat onalik taqiqlangan). 2017-yilning dekabrida — ota-onaning o‘limidan to‘rt yil-u sakkiz oy o‘tib, ularning o‘g‘li dunyoga keldi.

Uni bobo-buvilari to‘rtovlon bo‘lib katta qilmoqchi, voyaga yetganidan keyin esa ota-onasi bilan yuz bergan voqeani so‘zlab bermoqchi.

manbaa: xabar.org

Вам может понравиться

Добавить комментарий