Xitoycha boylik to’plashning boshlanishi

Yombi (xitoycha«Yuan bao» — boylik to’plashning boshlanishi) — quyma oltin va quyma kumush bo’lagi. Xitoyda birinchi pullar miloddan avaal 7 asrda paydo bo’lgan; ular kumushdan emas, balki mis (yoki bronza)dan quyib tayyorlangan. Bu pullarning qiymati juda past bo’lib, bir misqol (3,7 g) kumushga 1000, qatto 2000 dona miss (bronza) pul almashtirilgan. Bu pullarning ogirligi yarim pud kelgan, 10—20 ming  miss (bronza) pullarni hamyonda emas, balki otaravada tashishga  majbur  bo’lingan.  Milodiy 7—10 asrlarga  kelib «Buyuk  ipak  yo’li» bo’ylab  xalqaro savdosotiq rivojlangan davrda Xitoyda xalqaro valyuta (oltin va kumush) pullar o’rnida quyma Yombilardan foydalanilgan. Yombi pul emas, balki yirik savdosotiqlarda to’lov va boylik jamg’arish vositasi bo’lgan. Yombilarning vazni bir xil emas, balki 5 g dan 2000 g gacha bo’lib, savdo muomalasida ularni tarozida tortib olingan. Yombilarning kattalari «Tuya tuyoq», «Ot tuyoq» deb atalgan, nisbatan kichiklari «Qo’y tuyoq», 1885 yil Xitoyda chiqarilgan yombi. «Echki tuyoq»,  undan  kichiklari  esa «Chuchvara  quloq»  deb  yuritilgan.  Sof  kumushdan tayyorlanganligini tasdiqlash uchun davlat tomonidan chikarilgan Yombilarga xitoy imperatori o’z tamg’asini bosgan. Agar Yombilarni shaxslar chiqargan bo’lsa, uning sofligini shahar va tuman hokimlari tasdiqlab, o’z tamg’asini bosgan. Shu bilan birga, kumush Yombini tayyorlagan shaxs va firmalar ham o’z tamg’asini bosib kafolat bergan. Yombilar19 asr oxirigacha Markaziy Osiyo va  Xitoy savdo muomalasida keng yuritilgan. O’zbekiston Respublikasi oltin konlaridan qazib olinadigan oltinlar maxsus qoliplarga quyilib, Yombi holiga keltiriladi. Uning og’irligi 12  kg

manbaa: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2000 y.

Вам может понравиться

Добавить комментарий