Xadicha begim

Xadicha begim (1451, Hirot) — Husayn Boyqaroning xotini. 1457— 64 y.larda Abu Caidning xoc kanizagi. 1469 y. Abu Sayd vafotidan so’ng Husayn Boyqaro nikohiga kirgan. Ma’lum fursatdan so’ng haramda ulug’ bekalik o’rnini egallagan. U Sulton Husayn Boyqarodan 2 o’g’il ko’rgan — kattasi Shohg’arib Mirzo (1471—99), kichigi — Muzaffar Husayn Mirzo (1473—1509). Xadicha begim kichik o’g’lini valiahd qilib tayinlashga erishish uchun bor kuchini ishga solgan. Biroq, odatga ko’ra, valiahdlik Badiuzzamonta tegishli bo’lgan. Ayni vaqtda Alisher Navoiy boshliq arkoni davlat valiaxdlikka Badiuzzamonning 11 yoshli o’g’li Muhammad Mo’min Mirzoni   munosib hisoblagan. 1497 y.da otasi tomondan Muzaffar Husayn Mirzoning Astrobod hokimi etib tayinlanishi Husayn Boyqaro va Badiuzzamon o’rtasida ixtilofning kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Muzaffar Husayn Mirzo qo’shini Astrobodni zabt etgan va Muhammad Mo’min Mirzoni asir olib, Hirotdagi Ixtiyoruddin qal’asiga qamagan. Xadicha begim vazir Nizomulmulk ishtirokida Muhammad Mo’min  Mirzoni zudlik bilan qatl qilish haqidagi farmonga muhr bostirib olgan, hukm o’sha tundayoq ijro etilgan. 1506 y. Husayn Boyqaro vafot etgach, Xadicha begimning saltanat ishlariga aralashuvi tufayli taxtga 2 shahzoda — Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzo o’tirgan. Shayboniyxon Hirotni egallagach (1507), Xadicha begimni amiri Shoh Mansur baxshi ixtiyoriga topshirgan.

manbaa: www.ziyouz.com kutubxonasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий