Vulqonlar

Vulqonlar (Vulkan nomidan) — Yer po’stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug’lari va jins bo’laklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqonlar markazida asosiy vulkan kanali  joylashgan  bo’lib,  yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma o’chog’i) magma va boshqa  Vulqon jinslari shu kanal orqali ko’tariladi. Vulqonlar kanalining yuqori qismi Vulqonlar bo’g’zi, kanalning voronkasimon teshigi  krater  deb  ataladi.  Vulqonlarning  otilishi,  lavaning  qotishi  jarayonida  bug’  va  vulkan  suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va uzok, davom etishi, ba’zilari butunlay so’nib qolishi mumkin. Shunga ko’ra Vulqonlar so’nmagan, so’ngan, tinchigan xillarga bo’linadi. Vulqonlarning ko’tarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga bo’linadi. Markaziy Vulqonlarda mahsulotlar markaziy  kavakdan  otilib  chiqadi,  yoriqlardan  otiladigan  Vulqonlar ochilib  qolgan  yoriq  yoki  bir  qancha unchalik katta bo’lmagan konuslardan iborat. So’nmagan V.ga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan Vulqonlar hamda Vulqonlar otilgani haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud bo’lgan Vulqonlar kiradi.

Tinchigan Vulqonlar hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma o’chog’i bo’lib, vaqt o’tishi bilan u faollashishi  mumkin.  So’ngan  Vulqonlarga  kuchli  yemirilgan  va  yuvilgan,  butunlay  harakatdan  to’xtagan  Vulqonlar kiradi. So’nmagan Vulqonlar geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirg’oqlari va orollarida, Uzok. Sharila Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida, o’chgan Vulqonlar Kavkaz, Zabaykalye, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat tog’lari va Qrim yarim oroli)da joylashgan. So’nmagan

Vulqonlar otilish xususiyatlariga qarab Gavayi, Stromboli, Vulkan, Gumbazli tiplariga bo’linadi:

1) Gavayi tipidagi Vulqonlardan (Tinch okeandagi Gavayi orollari nomidan) temperaturasi 1200—1300° bo’lgan suyuq bazalt lavasi  to’xtovsiz  chiqib  turadi.  Gavayi  orollaridagi  Mauna-Loa,  Kilauea  hamda  Kamchatka  yarim  orolidagi (Ploskiy, Tolbachik) Vulqonlar.

Картинки по запросу фото вулканы гаваи

2) Stromboli tipidagi Vulqonlar (Lipar orollaridagi Stromboli vulkani nomidan); kuchli portlab, vulkan bombalari otilib, so’ngra temperaturasi 1200—1300° bo’lgan bazalt, andezit tarkibli lavalari okib chikddi. Stromboli tipdagi Vulqonlar Apennin yarim orolida (Vezuviy), Kamchatka yarim orolida (Klyuchi sopkasi) bor.

Картинки по запросу фото вулканы стромболи

3) Vulkan tipidagi Vulqonlar (Tirren dengizining janubiy-sharqida joylashgan vulkan nomidan) otilganda  qattiq  portlaydi,  vulkan  bombalari  va  kullari  otilib  chiqadi.  Kamchatka  yarim  orolidagi Jupanov, Karim sopkasi bu tipdagi Vulqonlarga kiradi.

Картинки по запросу фото вулкан карим сопка

4) Vulqonlar otilishining Gumbazli tipi uchun quyuq yopishqoq (andezit, dasit, liparitly) lavani gaz bosimi tufayli Vulqonlar kanalidan siqib, itarib chiqarib gumbazlar   (Pyui-de-Dom  va  Kamchatkadagi  Markaziy  Semyachik  Vulqonlar),  kriptogumbazlar (Syova-Sindzan  Vulqonlar),  konus-gumbazlar (Ivanov Vulqonlar) va obelisklar hosil bo’lishi mumkin.

Картинки по запросу фото вулкан Pyui-de-Dom

Magma o’chog’i yerning yuqori mantiya qismida 50—70 km (Kamchatkadagi Klyuchi sopkasi, Gavayi orollaridagi Kilauea) yoki  Yer po’stija 5—6 km (Vezuviy) chuqurlikda bo’ladi. Vulqonlar Tinch okean va unga yondosh materiklarda ko’p. Dunyodagi 691 harakatdagi Vulqonlarning 418 tasi o’sha rayonda. Kamchatka yarim orolida 28, Kuril orollarida 40 Vulqonlar mavjud. O’zbekistonda Vulqonlar to’rtlamchi davrda so’ngan. Vulqonlar kraterlari va jinslari Qurama, Tomdi tog’larida ko’p tarqalgan. Tinch okeanda kuchli suv osti Vulqonlar otilib turadi.  Bunday Vulqonlar otilganda bal. 30  m ga yetadigan suv to’lqinlari (sunami) ko’tarilib, qirg’oqqa yaqin ko’p shahar va qishloqlarni vayron qiladi. Vulqonlar mahsulotlari gazsimon(vulkan Vulqonlar gazlari), suyuq (lava) va  qattiq (Vulkan tog’ jinslari) bo’ladi. Vulqonlarda suv va gaz ta’siridan magmatik yoki atrofdagi cho’kindi, metamorfik jinslarda ruda hosil qiluvchi har xil elementlar va turli foydali qazilmalar hosil bo’ladi. Mac, oltingugurt, alunit, temir, marganes, fosforit, kumush, qo’rg’oshin, pyx, Kamchatka yarim orolida vulkan otilishi (1975). simob, mis, qalay, olmos konlari, jumladan O’zbekistonning Chatqol, Qurama va g’arbiy qismidagi ba’zi bir konlar Vulqonlardan paydo bo’lgan. Vulqonlar jinslaridan bino va inshootlar qurishda, issiq suvlari (geyzerlar) dan elektr energiya olishda, uylarni isitish va tibbiyotda ishlatiladi. Yer sharidagi eng mashhur Vulqonlar jadvalda keltirilgan.

Yer sharidagi eng mashhur vulkanlar

Nomi Mamlakat, hudud Balandligi, m.
1 Lyupyaylyako Argentina-Chili 6723
2 Kotopaxi Ekvador 5896
3 Kilimanjaro Tanzaniya 5895
4 Orisaba Meksika 5700
5 Damovand Eron 5604
6 Popokatepetl Meksika 5462
7 Klyuchi Sopkasi Rossiya 4750
8 Meru Tanzaniya 4567
9 Mauna-Loa Gavayi orollari 4170
10 Erebus Antarktida 3794
11 Fudziyama Yaponiya 3776
12 Semeru Indoneziya 3676
13 Etna Italiya 3340
14 Gekla Islandiya 1491
15 Vezuviy Italiya 1277
16 Krakatau Zond bo’g’ozi 813

manba: Vlodaves V. I., Vulkanы Zemli, M., 1973; Aprodov V. A., Vulkanы, M., 1982.

Вам может понравиться

Добавить комментарий