Vazelin moyining siz bilmagan xususiyatlari

Universal vositalardan biri vazelin 1878 yili ixtiroqilingan.

 Vazelinning yaralarni bitkazuvchi, yumshatuvchi va namlantiruvchi xususiyati bor. Bundan tashqari vazelinni kundalik turmushda ham ishlatsangiz bo`ladi.

  1. Gullagan sochlar uchiga vazelin moyidan oz miqdorda surtib qo`ying, qurigan va gullagan sochlarni oziqlantiradi.
  2. Laklangan poybzallar ustiga vaqti-vaqti bilan vazelindan surtib turing bu oyoq kiyim terisining qurib, sinishidan himoyalaydi.
  3. Tirnoqlarni bo`yayotganda uning chetlariga vazelindan surting, shunda tirnoq atrofiga bo`yoq tegib ketishining oldini olgan bo`lasiz.
  4. Zanjirsimon yopqichli ustki kiyimlar yopqichi yurmay qolsa unga ozgina vazelindan surtib yuboring.
  5. Sepgan atiringiz hidi uzoqroq turishi uchun bo`yin atrofiga vazelindan surtib qo`ying.
  6. Quloq teshigi atrofiga vazelindan surting-da, ziraklarni oson va qulay taqib oling.
  7. Sochlarni bo`yashdan oldin vazelenni, bo`yningizga, quloqlaringizga va peshonagizga surting shunda soch bo`yog`i bexosdan tegib ketsa ham, dog` bo`lib qolmaydi, osongina yuvib tashlaysiz.

manbaa: chakchak.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий