Vaqtni taqsimlashda Tim Ferris usuli

Timoti Ferris – ishdagi samaradorlik bo’yicha mashhur bilimdon. Uning ommaviy chiqishlari videosi million martalab ko’riladi, kitoblari ham ana shunday katta nusxalarda chop etiladi.

Ferrisning kitoblari The New York Times va The Wall Street Journal’ning bestsellerlar ro’yxatida oldingi o’rinlarga sazovor bo’lgan.

Uning usuli ikki ustunga asoslangan:

  1. Pareto qonuni: 20 foiz harakat 80 foiz natija beradi, qolgan 80 foiz harakat esa – atigi 20 foiz natija. Bu – e’tiborni haqiqatdan ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan faoliyatga qaratish kerak degani.
  2. Parkinsona qonuni: ish unga ajratilgan butun vaqtni egallaydi. Bu – ma’lum bir vazifani bajarishga qancha vaqt talab qilinsa, shuncha vaqt ajratish kerak degani.

Ko’proq vazifa bajarishga ulgurish uchun ish kunini uzaytirishning hojati yo’q. Aksincha, uni qisqartiring, haqiqatda muhim bo’lgan narsalarga diqqatingizni qarating. Qolganini esa autsoringga bering.

Ferris usuliga 1-3-5 rejalashtirish texnikasi to’g’ri keladi, ya’ni vazifalar ro’yxatiga bitta muhim, uchta o’rtacha muhimlikdagi va beshta mayda ishlar kiritiladi. Jami – to’qqizta. Ular muhimlik darajasiga qarab taqsimlangan. Bu esa vazifalarni to’g’ri ketma-ketlikda bajarishga yordam beradi.

Ferris — ko’p vazifalilik va axborotning haddan ziyod ko’pligiga qarshi chiqqan. Bir necha ishni barobar olib borilganda, diqqatning bo’linishi kuzatiladi. Buning natijasida samaradorlik oshmaydi, aksincha tushadi. Tinimsiz axborot qabul qilishda ham xuddi shunday. Pochta va ijtimoiy tarmoqlarni muntazam tekshirish yolg’on bandlik hissini paydo qiladi, lekin maqsadga yaqinlashtirmaydi.

Ferris stresslarni bizning yordamchilarimiz, deb hisoblaydi.

Qo’rquv – bu indikator. Qo’rquv – bizning do’stimiz. U vaqti-vaqti bilan nimani qilmaslik kerakligini ko’rsatib turadi, lekin ko’pincha aynan nima qilish kerakligiga ishora qiladi.

Tim Ferris

Shuni ta’kidlash joizki, Tim Ferris kam ishlab, ko’p samaradorlikka erishishga intiluvchi yagona taniqli shaxs emas. “Kam ishlab, ko’p narsaga ulgurish sari 9 qadam” kitobi muallifi Stiver Robbins buning uchun “faol kunlar” usulini taklif qiladi, ya’ni bunda ma’lum bir kunlarda faollashib, qolgan kunlari bir maromda ish olib borishi nazarda tutiladi.

Kun tartibingizni shunday rejalashtiringki, 20 foiz vaqtingiz eng murakkab va muhim ishlarga sarflansin. Qolgani esa o’z navbatida ketaversin. Boshqacha qilib aytganda, agar siz biror bir ishbilarmon bilan uchrashuv o’tkazishingiz kerak bo’lsa, u holda buning uchun mos kun, vaqt, davomiylik oldindan belgilanib, unga qat’iy rioya qilish kerak. Kunning qolgan qismida esa joriy ishlar bilan shug’ullanish lozim.

manba: Malika.lark.ru

Вам может понравиться

Добавить комментарий