Vannadan sensorli displey sifatida foydalaning

Endi sevimli planshetingiz bilan vannada ham o’tirishingiz mumkin. Aniqrog’i, Tokio universiteti qoshidagi “Koike Laboratory” laboratoriyasi mutaxassislari oddiy vannani planshetga aylantirish yo’lini topishdi.

Buning uchun “Kinect” kamerasi, proyektor va suv o’tkazmaydigan kolonkalar hamda mutaxassislar tomonidan yarim yil davomida yozilgan maxsus dasturiy kod kerak bo’ladi. “AquaTop Display proyeksion tizimi” deb nomlanuvchi ushbu tizim quyidagicha ishlaydi: suvga to’ldirilgan vannaga suvda yaxshi ko’rish uchun maxsus tuz solinadi.Proyektor va “Kinect” kompyuterga ulanadi. Proyektor tasvirni suvga uzatadi, kameraning infraqizil nurlari esa barmoqlarning suvdagi harakatini tanib oladi. Shu tarzda, vanna sensorli displeyga aylanadi.
Bitta barmoq bilan tasvirlarning joyini o’zgartirish, ikkita barmoq bilan ularni kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin, tasvir pastdan ushlanib, vanna tubiga tortilsa, ularni olib tashlasa bo’ladi. Agar fotosuratlarni varaqlamoqchi bo’lsangiz, suv yuzasida to’lqinlar effektini yaratish zarur bo’ladi.
Videoni tasvirli “ikonka”dan suv olib, uni pleyer darchasiga quygan holda tomosha qilish mumkin. Agar vanna ostidagi maxsus rezervuarga suv o’tkazmaydigan kolonkalar o’rnatilsa, sezgilar bundan ham kuchayadi. Kolonkalar 50 Gs chastotada tovush chiqaradi va shu tarzda suvni biqirlashga majbur etadi. Loyiha hozircha tijorat maqsadlariga mo’ljallanmagan, biroq innovasion interfeys salohiyatini namoyish etadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий