Vabo – global muammo

Vabo (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikasiya, umumiy ahvolning og’irlashuvi va organizmning  suvsizlanishi  bilan  davom  etadigan  o’tkir  infeksion  kasallik;  o’ta  xavfli  ichak kasalliklaridan.  Vabo  dastlab (1816) Hindistonda— Gang daryosi vodiysida paydo bo’lgan; u yerda turmush  sharoiti  og’ir  bo’lganligi  uchun  aholining  bir  qismi  boshqa  davlatlarga  keta  boshlaydi. Natijada Vabo Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma (1819), Yava va Borneo orollari, Xitoy (1820), Eron (1821), Yaponiya  hamda  Rossiyaga (1822) tarqaladi. 1823— 1925  yillarda Rossiyada Vabo epidemiyasi 55 marta qayd qilingan. Turkiston o’lkasiga Vabo, asosan, Afg’oniston va Erondan o’tgan. Vaboning klassik Vabo va El-Tor Vabo si degan 2 turi bor. Shunga ko’ra, Vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik  Vabo  vibrioni  va  El-Tor  vibrioni  deb  ataladigan  ikki  xilga  ajratiladi.  Klassik  Vabo vibrionini 1883 yil R Kox, El-Tor Vabo vibrionini esa1906 y. Sinay yarim orolida Gotshlix topgan. Vabo vibrioni salgina bukilgan va ikki uchi yumaloqlangan tayoqcha bo’lib, bo’yi1,5—4 mk va eni0,2—0,4 mk.

Vabo vibrioni daryo suvida18 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, ariqlarda bir necha kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir necha oy, axlat chuqurlarida 3 oygacha, ichki kiyimlarda 2 oy, qum tuproqda bir necha oy, suv havzalarida 15—30 kun, sut va yog’da bir oygacha, kartoshkada 2 haftagacha, ho’l mevada bir necha kungacha, pivoda 3 soatdan 5 kungacha tirik turadi.

Dezinfeksiyalovchi moddalar vibrionni tez o’ldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez o’ladi. 1960 yilgacha bo’lib o’tgan Vabo epidemiyalarining deyarli hammasi (aniqroq aytganda6 pandemiyasi) ga klassik Vabo vibrioni sabab bo’lgan.

Klassik Vabo og’ir utib, bemor yotib qoladi, kasallik belgilari (tez-tez ich ketishi, qusish, shuning natijasida  organizmning  suvsizlanishi,  shuningdek  temperatura  pasayishi,  muskullarning  tirishishi  va intoksikasiyaning boshqa belgilari, yurak urishining susayishi va shu kabilar) aksari ro’yirost ko’rinadi, shunga ko’ra kasallik Vabo boshlanishi bilanoq tez aniqlanganida, Vaboning tarqalishi cheklanadi. El-Tor Vabosi esa aksari yengil o’tadi. Vabo belgilari bo’lmagani holda vibrionlarni tashib yuradigan kishilar ko’proq uchraydi, shu bois El-Tor Vabosini aniqlash klassik Vaboni aniqlashga nisbatan qiyinroq, shuning uchun El-Tor Vabo sining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o’tish va keng tarqalish imkoniyatlari katta.

Vabo vibrioni bemorning axlati, qusug’i, ba’zan siydigi bilan tashqariga chiqadi. Vibrionlar tushgan suv va oziq-ovqatni iste’mol qilish natijasida Vabo yuqadi. Me’da shirasi vibrionlarni o’ldiradi, ammo suv ko’p ichilganda yoki me’da shirasi kamroq bo’lganda vibrionlar me’dadan ingichka ichakka o’tib, kupayadi.  Vibrionlarni pashsha ham tarqatadi.  Pashsha axlatga qo’nganda vibrionlarni qorniga va oyoklariga  ilashtirib  olib,  oziq-ovqatga  va  ichimlik  suvga  yuqtirishi  mumkin.  Bemorni  parvarish qiluvchilar va vibrion tashuvchilar(organizmida Vabo vibrionlari bo’lsa-da, og’rimayotgan kishilar) ham kasallik tarqalishiga sabab bo’la oladi. Vabo yuvuqsiz qo’l, kir kiyim-bosh va parvarish buyumlari orqali ham yuqadi. Vabo vibrionlari tushgan suvni iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan Vabo epidemiyalari qisqa vaqtda ko’p aholini kasallantiradi. El-Tor Vabo si asosan shu yul bilan tarqaladi(ayniqsa qishloq joylarda).  Tabiiy  sharoit (yozning  juda  issiq  kelishi)  va  aholi  migrasiyasi (dengiz  bo’yidagi shaharlarga yezda ko’plab aholining dam olishga kelishi) sanitariya ahvoliga putur yetkazib, Vaboning tarqalishiga imkon beradi. Vabo ning tipik (algid) formasi 2—3, ba’zan 5 kunlik inkubasion davrdan keyin o’ziga xos belgilar bilan boshlanadi: ich tez-tez va ko’p keladi, bemor qusadi, temperaturasi pasayadi (35—34° gacha), muskullari tirishadi, yurak urishi susayadi va hakozolar. Organizm suvsizlangani uchun bemorning ko’zlari kirtayadi, badani ko’karadi, terisi burishib qoladi, yopishqoq ter bosadi. Bemor shu ahvolda bir  necha  kun  yotgach  ich  ketishi  va  qusish  bosilib,  sog’aya  boshlaydi.  Vabo  ning  ich  surmaydigan  va qustirmaydigan og’ir («quruq») formasida bemor talvasaga tushib, o’ziga kelmay, bir necha soatda Ulib qoladi. Zamburug’, mishyakdan zaharlanish, shuningdek ovqatdan buladigan toksikoinfeksiyalar ham ba’zan Vaboga o’xshab kechishini nazarda tutish lozim. Bemor, albatta, kasalxonada davolanadi.

Oldini olish: chet ellardan Vabo  o’tib qolmasligi uchun davlat chegaralarida sanitariya muhofazasi choralari ko’riladi, aholi yashaydigan joylarni, shuningdek oqova suvlarni tozalash, suv havzalarini sanitariya  ahvolini  himoya  qilish,  suv  ta’minoti,  oziq-ovqat  va umumiy ovqatlanish korxonalari muntazam nazorat qilinadi, pashsha yo’qotiladi, sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari kuchaytiriladi va hkozolar. Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlardan tashqari, suv va oziq-ovqatni yuqumsizlantirish va shaxsiy gigiyenaning ahamiyati katta. Vabo vibrioni chidamsiz bo’lgani uchun suvni qaynatib, masalliqlarni obdon pishirib, ularni Vabo vibrionlaridan xalos qilish lozim. Vabo aniqlangan taqdirda Sog’liqni saqlash vazirligiga darhol xabar beriladi, bemor albatta kasalxonaga yotqiziladi, kasallik topilgan joyda dezinfeksiya,  dezinseksiya  va  karantin  chora-tadbirlari  amalga  oshiriladi.  Bemorga  yaqin  yurgan kishilar 5 kunlik  karantinga  olinadi  va  tibbiy  ko’rikdan  o’tkaziladi.  Jahon  Sog’liqni  saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko’ra hozir vabo kasalligi o’chog’ida karantin qo’llanilmaydi.

Davo organizmning suv-tuz maromini rostlash,  qon,  plazma,  fiziologik eritma,  Ringer eritmasi, trisol, disol, asesol, xlosol, reomakrodeks va b. eritmalarni to’xtovsiz quyish, antibiotiklar berish, organizmning umumiy ahvolini yaxshilash choralarini ko’rishdan iborat.

Вам может понравиться

Добавить комментарий