Inson organizmi uchun uzumning foydalari va zararlari

Uzum — foydali vitaminlar va minerallar xazinasidir. Uning tarkibida S vitamini, A, RR, N  vitaminlari, V gruppasiga kiruvchi vitaminlar, shuningdek  K vitamini mavjud.

Shuningdek, uzumda natriy, kalsiy, temir, fosfor, bor, ftor, nikel, marganes, sink va   ko’pgina boshqa foydali metallarni, minerallarni va bir qator nodir foydali moddalarni uchratish mumkin. Bundan tashqari, uzum tarkibida  saraton kasalligi paydo bo’lishiga qarshilik ko’rsatuvchi fitosterin deb nomlanuvchi modda mavjud. Yana uning tarkibida antioksidant ta’sir ko’rsatuvchi organik kislotalar, foydali ozuqaviy to’qimalar, shuningdek,  ilmiy tilda flavonoidlar va  monosaxaridlar  deb nomlanuvchi inson organizmi uchun foydali moddalar mavjud.

 Agar zerikarli raqamlar bilan ifodalanadigan tilda aytiladigan bo’lsa, olimlar tomonidan uzumda ikki yuz xilga yaqin foydali moddalar mavjudligi aniqlangan.

Shuningdek, uzum urug’i ham inson uchun foydali, unda xushbo’y moddalar, fitosterinlar va  efir moylari bor.

Uzum immunitetni va yurak muskullarini mustahkamlaydi, tomirlarni kengaytiradi va bosh og’rig’ini bartaraf etishda yordam beradi. Uzum qon tarkibidagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, ichni yurgizadi.

 Uzumning ozuqaviy quvvati

Uzum parhyez mevasi emas, shuning uchun uni iste’mol qilish me’yorida bo’lishi lozim. Uning ozuqaviy quvvati 100 gram mevasida (uning naviga qarab) 45 dan 63 kkal gachani tashkil etadi. Albatta uning ozuqaviy quvvati baland emas, lekin uning ishtaha ochish xususiyati kuchli bo’lganidan, ko’proq ovqat iste’mol qilishga sababchi bo’ladi.

 Uzum nimasi bilan zararli?

Barchamizga ma’lumki, har bir foydali narsaning zararli tomoni ham bo’lishi mumkin. Uzumning ba’zi kishilar uchun asosiy kamchiligi tarkibida qand moddasi miqdori juda balandligidadir. Uzumni semirish, qandli diabet, oshqozon yarasi, kariyes kasalliklarida iste’mol qilish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, uni iste’mol qilishdan qonni suyultirish maqsadida dori-darmon iste’mol qilayotganda ham o’zini tiyish tavsiya etiladi.

manbaa: muslim.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий