Uzoq umr ko’raman desangiz kamroq o’tiring

Britaniyalik olimlarning aniqlashlaricha, bir o’tirishni 3 soatgacha kamaytirgan odamning umri ikki yilga ko’payar ekan. Bu xulosa British Medical Journal nashrida chop etildi. Bundan tashqari, agar televizor qarshisida ikki soatgacha kamroq vaqt sarflansa, inson o’z umrini yana 1,4 yilga uzaytirishi mumkin bo’ladi.Bu xulosaga olimlar AQShning salomatlik va iste’mol mahsulotlari hisobotini o’rganish natijasida kelganlar. Olimlar o’troq hayot va o’lim sabablarini o’rganib chiqish jarayonida 167 ming kishi ustida tadqiqot olib bordilar. Ma’lumotlar to’planib, o’troq hayot tarziga kanday ta’sir qilishi o’rganib chiqildi. Uzoq vaqt o’tirish bilan bog’liq o’lim 27%ni, televizor ko’p ko’radigan odamlarda esa 19%ni tashkil qildi. Kam o’tiradigan hamda TV qarshisida kamroq vaqtini o’tkazadigan serharakat kishilarning hayoti boshqalarga qaraganda 1,38 yilga uzoqroq davom etadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий