Uyquda xurrak otish aqlning kushandasi ekan…

Avstraliyadagi Kvinslend universiteti olimlari inson miyasi doirasidagi yana bir tadqiqotga qo’l urishdi. Bu gal ular odamning uyqu orasida xurrak otishi miyaga qanday ta’sir o’tkazishi masalasini ko’ndalang qo’yishdi.

Ma’lum bo’ldiki, odam uyquda kislorod o’pkaga yetarli darajada borib yetib bormasligi sababli xurrak otarkan. Bu esa miyada degenerasiya hodisasini sodir etadi. Ya’ni, miyaning o’qish, ma’lumot olish, o’rganish, xotira uchun javobgar to’qimalari halok bo’ladi.

Professor Elizabet Koulsonning aytishiga qaraganda, xurrak otishni dastlabki bosqichda davolansa, yuqoridagi ko’ngilsizliklar sodir bo’lmaydi. Bundan tashqari, Alsgeymerdek xavfli xastalik ham bartaraf etiladi. Professor aytdiki, xurrak otish jarayoni taxminan 10 yil davom etgachgina miyada salbiy o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi. Bemor kunduzi ham uyqusi kelib qiynaladi, tanasida kuchli charchoq tuya boshlaydi, xotira sustlashib ketadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий