Ummon tubidan topilgan topilma

Bu kashfiyot hayratga solmay qolmaydi!

Afsonaviy va sirli Atlantidadan tashqari (hammaga ma’lum va haligacha hyech kim topa olmagan), yana haqiqat bo’lishi mumkin bo’lgan bir qancha mif va afsonalar mavjud.

Huddi shunday miflardan biri o’z isbotini topdi — arxiologlar yo’qolgan shahar Geraklionni topishga muaffaq bo’ldilar.

Afsonaga ko’ra, Geraklion kuchli zilzila natijasida vayronaga aylangan va bir kechaning o’zida g’oyib bo’lgan. Atlantida haqida ham bir zumda g’oyib bo’lgan deyilishi o’xshash. Mana bir necha ming yillardan afsona shahar topildi. U haqida bizga nimalar ma’lum ekani bilan o’rtoqlashamiz!

Xarobalar Aleksandriya sohilidan 3 kilometr uzoqlikda, suv va qum qatlami ostida, 10 metr chuqurlikda yashiringan ekan. Fransuz olimi Frank Gogo tasodifan Geraklion deya yozilgan qora rangli plitaga oq rangli bitikni ham topishga muvaffaq bo’ldi.

Bu aynan o’sha afsonaviy shahar ekanligini isbotlayotgan, juda yaxshi saqlangan haykallardan tashqari, minglab buyumlar topildi. Biroq zamondoshlarimizga ularning vazifalari hozircha biroz mavhum.

Diodorning yozishicha, Gerakl Zevsning o’g’li, Nil daryosini to’sib, qirg’oq bo’yi aholisini hayotini saqlab qolgan. Minnatdorchilik  ramzi sifatida aholi unga bag’ishlab ibodatxona bunyod etadilar va qahramon sharafiga shaharni Geraklion deb nomlashadi.

Biroq, bir kuni Geraklion g’oyib bo’ldi. Miloddan avvalgi 1-asrda shaharni yer bilan bir qilgulik darajada kuchli zilzila sodir bo’ladi. Ko’pchilik halok bo’lgan, ba’zilar esa bor yo’g’ini tashlab qochishgan, ayrimlar tirik qolishga muvaffaq bo’ladi.

Yodgorliklar suv ostiga g’arq bo’lgan, shahar esa afsonaga aylangan.

Devor xarobalari yonidan arxeologlar pushti granatdan yasalgan 3 ta haykallarni topishdi. Ikkita haykalda Fir’avn va uning rafiqasi tasvirlangan, uchinchisi esa qadimiy  misrliklardagi Nil xudosi hisoblangan “Xapi” ga tegishli.

Asosiy ibodatxonada pushti granitdan yasalgan, usti iyerograflar bilan bezalgan qabr toshi mavjud. Uning yuqori qismini o’qish mushkul, davomidagi yozuvlar taxminiy tarjimasi esa, bu aynan shubhasiz Geraklion ibodatxonasi ekanligini ko’rsatmoqda. Eng hayratlanarlisi 2metrli qora granit tosh, u 1899 yilda topilgan toshning aynan sushasi ekanligi! Bu misrshunoslikdagi ilk nusxalanish. Norkotajdan topilgan, hozirda Misr muzeyi Kairda saqlanayotgan toshda, Fir’avn Nokranebus grek hunarmandlariga 10 foizlik soliq solgani yozilgan. Matn “Bu Anu kanali yoqasida joylashgan toshga o’yilsin” degan yozuvlar bilan yakunlangan. Topilgan tosh ham avvalgisidan hyech qanday farq qilmaydi, faqat matn so’nggida “Bu grek daryosi Geraklion-tonis darvozasi oldida joylashgan toshga o’yilsin” deyilgan.

Suv osti qidiruv ishlari endi boshlangan bo’lsa-da, Gogo jamoasi juda ko’plab buyumlar topishga topishga muaffaq bo’ldi. Ularning hammasi miloddan avvalgi 1-asrga  tegishli deyilmoqda,  shunga qaramay, ikki ming yil suv ostida qolgan bo’lsada juda yaxshi saqlangan. Bular tilla taqinchoqlar va yuzlab tangalar, biroz tashqi tarafi dag’allashgan xalos.

(Buni do’stlaringizga ulashing!) Axir har kuni ham arxeologlar bunday afsonalarda yo’qolib ketgan shaharlarni topaverishmaydi. Biz esa toqatsizlik bilan yangiliklarni kutib qolamiz.

1_result-105

 

3_result-97

 

6_result-77

 

7_result-66

Картинки по запросу heraklion

Картинки по запросу heraklion

 manba: mulohaza.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий