O`zbekiston – sharq gavhari

Spread the love

O”zbekiston madaniyati Sharqning eng yorqin va o”ziga xos madaniyatidan biridir. Bu-beqiyos xalq ijodiyoti, raqsi va rassonchilik, betakror milliy oshxona va kiyim-kechagidir.

Картинки по запросу узбекистан туризм

O`zbek xalq ijodiyotining san`ati ko”pqirrali tematika va xilma xil janri bilan tafsiflaydi. O`z vazifalari va shakllariga muvofiq ashula va cholg`u asbob kuylari ikki quruhdan iborat: belgilangan vaqt va vaziyatlarda ijro etuvchi va har qanday vaqtda ijro etuvchi. Birinchi guruhga urf-odat, mehnat jarayoni, turli marosimlar, sahnalashtirilgan tomosha namoyishlar va o`yinlarga tegishli bo`lgan ashulalar kiradi.
O`zbek xalqi o`z musiqasi bilan mashhurdir. Qo`shiq – sheriy matnning dir yoki ikki baytni qamrab oluvchi katta bo`lmagan kuy bilan tuzilgan kuplet ashulasidir. Shu jumladan, qo”shiq turlari bilan bir qatorda kupletli tuzilgan ashulalar bo`lgan “lapar” hamda “yalla” sana`ti mavjud. Maskur kuyning raqsga tushuvchi san`atining janri xazil raqsni ijro etishda ko`zda tutilgan. Lapar – bu ashula so”zlashuvidir. Xorazmda ashulalarni-yakka tartibga ijro etuvchi ijrochilar deb ataladi. Ayrim tumanlarda “lapar” atamasi to”y bazmlarda “Ulan” qo`shig`i (ayollar va erkaklar so`zlashuvi sifatida ijro etiladi) qo”llaniladi. “Yalla” janri ikki turli ashulalardan iborat: qisqa diapazonli kuyi, qo`shiq esa – raqs bilan bir vaqtda yakka tartibda ijro etish.
Qo”shiqlarning she”riy matnlar Sharq shoirlarining xalq va kasbiy she”riyatlari qo”llaniladi. Ashulalarning yanada rivojlangan namunalari mohiyati bo”yicha og`zaki urf-odatlarning professional musiqasi hisoblanadi. O`zbek musiqiy meroslaridagi asosiy joyini-badiiy nutq tarzida hikoya rivoyatlarni ifodali etuvchi-doston asari egallaydi.
Raqslar O”zbekistonnig turli hududlarida bir-biridan farq qiladi. Farg`ona raqsi o`zgacha mayinligi, xarakatlarning ravonligi va ifodaliligi, siljish qadamlarining engilligi, joylarda va aylanishlarda o`zga xos xarakatlari bilan ajralib turadi. Xorazm va Buxoro viloyatlarda qayroqlar bilan raqsga tushiladi.

Milliy rassomlik san”atning rivojlanishi ko`p asrlardan oldin boshlangan. XVI-XVII asrlarda Buxoro poytaxtida va boshqa shahar markazlarida qo`lyozma san`ati va muvoqalash ishlari sezilarli darajada muvaffaqiytlarga erishildi. Qadimgi qo”lyozmalarning badiiy bezashlar nafis kalligrafiyani, maydonlarda suv buyoqlari orgali ingichka ornamentlarni bajarishni o`z ichiga olgan.
Ushbu san`atda bir necha yonalishlarning uslublari rivojlangan. Ulardan biri Behzod (o`rta asrning rassomi, sharq miniaturasi yonalishlarining asoschisidan biri) urf-odati bilan bog`langan.

Kiyim-kechak

Mahalliy aholining o`zga hos kiyim-kechagi qadimdan iqlimi, uy-rozg”or sharoiti, urug`-aymoqlari urf-odatlari bo`yicha aniqlangan. XIX asrdayoq kiyim-kechaklar (xalatlar, ko`ylaklar va erkaklar ko`ylaklari): keng va uzun bichilgan, elkadan tushmaydigan, qaddi-qomatni yashirib turadigan barcha belgilar saqlanib kelingan.

Картинки по запросу узбекистан одежда

An`anaviy erkaklarning milliy kiyimlari qiyiqcha bilan bog`langan qavilgan issiq cho`ponlardan, bosh kiyimi-do`ppidan va nozik charmdan yasatilgan etiklardan iborat. Erkaklar tekis andazali ichki va tashki ko`ylaklarni kiyganlar. Cho`ponlarning yengil yoki paxtada qavilgan issiq turlari mavjud. Urishda va yerga o`tirishda qulay bo`lishi uchun cho”ponlarning yon tomonlarida kesimlar bo`lgan. Odatda cho`pon qiyiqcha bilan bog`langan bo`lar edi.
Milliy bayram ko”ylaklari qo`llanilgan matolarning va kashtalarning chiroyi va boyligidan kundalik ko`ylaklardan ajralib turadi.
Ayollarning milliy kiyimlari xalat, xon-atlasdan tikilgan oddiy bichimli ko”ylaklar, lozimlar – pastki qismi tor bo`lgam keng yupqa shimdan iborat. Ayollarning bosh kiyimi asosiy uch belgidan iborat: shapkacha, ro`mol va do”ppi. Ayollarning bayram ko`ylaklari matolarning to`kilib turishidan va chiroyidan ajralib turadi. Bolalar kiyimlari kattalarning kiyim shakllarini takrorlab kelgan. umumiy belgilar bilan bir qatorda har bir tuman va qabilaning kiyimlari o`zga hos hususiyatga, ishlatililishda ifodalaydigan mato, shakl va andazalarga ega.

Похожее изображение

O`zbekistonning taniqli va keng tarqalgan xalq san`atidan biri Do`ppidir. Do`ppi – bosh kiyimi hisoblanib, astarli yumshoq matolardan tikilgan. Do`ppi o`zbek milliy kiyim-boshining ajralmas qismi bo`lib, o`zbek millatining o`z milliy an`ana va urf-odatlariga kirdi. O`zbek do”ppisining keng tarqalgan shakllaridan: to`rtqirrali va konussimondir. Do`ppilar uchun oq surp, oq ipakli ip, jiyak, tepchish uchun oddiy ipdan tayyorlanadi. Aksariyat ayollar do`ppido`zlik sirlarini mohirlik bilan egallaganlar. Do`ppilarni bezashda xayot va hosildorlik ramzi bo`lgan “bodom” ko`p uchraydigan bodom belgisida qul solish turlariga kiradi. Do”ppilar ichida keng tarqalgan turi asrash vazifasini bajaruvchi “ilon izi” naqshi hisoblanadi. Geometrik naqshlar yanada taniqliroq naqshlar bo`lgan. Turli tumanlarda yaratilgan do`ppilar, o`z shakli, turi va gul tushirish yo`llari bilan ajralib turadi.
O”zbekistonning ko`p hududlarida “Chust do`ppi”lari keng tarqalgan. Do`ppining gullarida. Chust do`ppilari tepa va yon qismidagi gullari qalampir suratida bo”ladi.

Milliy oshxona

O`zbek oshxonasi Sharqda xilma-xilligi bilan mashhur. O`zbek taomlarining ayrim tayyorlanishlari ko`pasirlik tarixga ega. har bir taom o`zga hos milliy urf-odat va tayyorlash ussulariga ega. Taomlar, ichimliklar va qandolat maxsulotlar tayyorlanishining turli uslublar 1000ga yaqindir.
Osh – O`zbekistonning eng mashxur taomidir. Ushbu taom ham kundalik ham bayramona taom hisoblanadi. To`y, o`tirishlar va to`g`ilgan kunlar ushbu milliy taomsiz o”tmaydi. Oshning asosiy tarkibi guruch, go`sht, sabzi va boshqa mahsulotlar hisoblanadi.

Картинки по запросу узбекистон туризм
Ot go`shtidan tayyorlangan “qazi”- o`zbek gazaklarining eng mashhurlaridan biridir.
Non-o`zbek xalqi uchun muqaddasdir. Urf-odatlarga muvifiq safarga ketayotgan kimsa nondan bir bo`lagidan tishlasa qaytib kelgunga va yegunga qadar ushbu nonni saqlash kerak. Non savati bilan boshda ko”tariladigan urf-odat ham nonga bo`lgan munosabatda ko`rsatilayotgan katta xurmat misolidir. Ko`p asrlar mobaynida nonvoylar nonni tandirda yopadilar, natijada non gurch-gurch va mazali bo`ladi. Nonning ikki turi mazjud: yopgan-oddiy non (obi-non) va bayram noni (patir non). Oddiy non suvda qoriladi va sedana bilan sepiladi. Patir non – qo`y yog`i solingan qatlam hamirdan tayyorlanadi.
Shashlik va somsa (tandirda yopiladigan qatlam hamirli milliy pishiriq) O`zbek oshxonasining eng taniqli taomlaridan hisoblanadi.

O`zbekistonning milliy oshxonasida sho`rva asosiy o`rinni egallaydi. Ushbu taomlar sabzi, lavlagi hamda piyoz va ko`katlar kabi sabzabotlarga boydir. Sho`rvalarning eng mashhurlari – bu mastava va qaynatma sho`rvadir.
Xolva – bug`doy uni, yong`oq bilan shakar va sedanadan tayyorlanadigan butun jahonda tanilgan sharq lazatidan biridir. O`zbekistonda xolvalarning 50 ga yaqin turli xillari mavjud.
Bundan tashqari, O`zbekiston meva, uzum, qovun va tarvuzdan tayyorlangan o`z mazali sharbatlari bilan mashhur. Shuningdek, O`zbekiston katta miqdordagi turli quruq mevalar, yong`oqlar va bodomlarga boy.
Agar Siz O`zbekistonga tashrif buyursangiz milliy oshxona taomlaridan tatib ko`ring va o`zingizga yoqqan taomning tayyorlanish uslublarini joylardagi egalardan so`rang.

Вам может понравиться

Добавить комментарий