Fayoztepa—budda monastiribodatxona majmuasi

Spread the love

Fayoztepa— mil. 1—3-asrlarga oid budda monastiribodatxona majmuasi (vixara). Termiz shaxri yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shimoliy g’arbida Horatepalan 1 km shimoliy sharqda joylashgan.

Fayoztepaning ochilishi 1968 yil bahorida cho’pon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini Kuchma ыum ustidan topib, Termiz o’lkashunoslik muzeyiga topshirishidan  boshlandi. Yodgorlik 1968—76 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan o’rganildi. Fayoztepa maydoni ko’chma qumlar uyumidan tozalangach, uning me’moriy tarhi ochilib, u 3 qismdan iborat monumental inshoot, ya’ni markaziy qismida — ibodatxona, uning shimoliy g’arbida monastir, janubiy sharqida esa xo’jalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniklangan. Majmuaning umumiy mayd. 1,5 ming kv. m ga yaqin.

Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri — stupa bo’lib, u boshqa ibodatxonalardan farkli ularoq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chizikda joylashgan. Ular uzaro hovli maydonini kesib utgan g’isht va mergeliy toshi tushalgan yo’lakcha bilan bog’langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali (Bodxisatva) joylashgan, sajdagoh devorlari rangbarang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo’ylab o’z vaqtida budda haykallari (bal. 4 m) qщyilgan. Kupchilik haykallar qizil rang bilan bo’yalgan, so’ng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh janubiy devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan.

Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapo’sh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Ulardan biri Buddaga qarab sajda qilmoqda. Sajdagohning sharqiy devorida ham qandaydir devoriy rasmlar izi ko’rinadi. Xonadagi suvoq parchalarida har xil odamlarning rasmlari uchraydi. 60×80 sm li shakl bir suvoq parchasida Buddaga yuzlangan 2 ta erkakning rasmi topilgan. Har 2 shakl qiyofasiga ko’ra, baqtriyalik Budda ixlos mandlari bo’lib, ularning Buddaga sajda qilish holati tasvirlangan. Ushbu xonada ganchkori haykal bo’laklari ko’plab uchraydi. Hatto xonaning sharqiy devori ostida qaykallar uchun pishiq g’ishtdan maxsus tagkursi qurilgan, uning usti esa mergeliy tosh parchalari bilan silliq qilib qoplangan. Haykallarning kupchiligi esa somon qo’shilgan loydan yasalib, ularning sirtiga ganch qoplama berilgan. Haykallarning boshi maxsus qolipda qo’yilgan. Qo’l va oyoqlari alohida yasalib, so’ng ular haykal tanasiga yopishtirilgan.

Fayoztepa haykallari orasida ganchdan ishlangan Buddaning bosh qismi diqqatni o’ziga tortadi. Uning tutamlangan qopqora sochlari, fusunkor chexrasi unga go’zallik bag’ishlaydi. Buddani bunday ishlanishi kushonlar davri yodgorligida birinchi bor uchrashi edi. Ushbu muqaddas sajdagoh eshigi qarshisida yaxlit mergeliy toshidan yasalgan noyob san’at asari — triada topilgan. Triada markazida ipak mantiyaga o’ralgan Budda arka va muqaddas bodxa daraxti shoxlari ostida o’tiribdi, 2 yonida tik turgan rohiblar esa unga iltijo qilib turgan holatda tasvirlangan. Sajdagoxdan 2 Kanishka va bitta Vasudeva tangalari topilgan.

Ibodatxona hovlisi to’g’ri to’rtburchak shaklida, mayd. 33×20 m, uning to’rt tomoni bo’ylab budda rohiblarining eshiklari hovliga qaratilgan xonalari joylashgan. Ibodatxona hovlisi ushbu xonalarning hovli tomon devorlari bo’ylab yaxlit uzun ayvon bilan o’rab olingan. Ayvon devorlari rangbarang devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Rangli devoriy bezaklar ayvon devorining pastki qismidagina saqlangan. Ayvon osti bo’ylab supa joylashgan.

Ibodatxona hovlisining shimoliy g’arbiy qismida, mergeliy tosh parchalaridan trapesiya shaklida qurilgan hovuzcha bo’lib, uning tomonini pastki qismida suv oqizishga mo’ljallanib teshikcha yasalgan.

Teshikcha jag’lari keng ochilgan sher boshi qiyofasida ishlangan. Bunday hovuzlarda toza suv saqlangan.

Sher kushonlar davri san’atida Buddaning kuch va qudrat timsoli sifatida o’z aksini topgan. Diniy majmuaning 2qismi — monastir bo’lib, u ibodatxona bilan hovli karbiy devoridan ochilgan eshik orqali bog’langan. Monastir maydonida joylashgan xonalarda rohiblar va monastir talabalari istiqomat qilishgan, monastirda o’quv xonalari va zallari, ziyoratchilar to’xtab o’tadigan yotoqxonalar joylashgan. Xonalar devorlarida pilta chiroq yoritqichlari uchun tokchalar ishlangan. Ayrim xonalarning devori ostida Budda haykallari va ularni o’rnatish uchun supatagkursilar qurilgan.

Demak, rohib va talabalar hamda ziyoratchi sayyoxlar markaziy ibodatxonada diniy marosimlar to’xtagan vaqtda o’z ibodatlarini monastir sajdagoxlarida amalga oshirganlar.

Ibodatxonaning janubiy sharqida uning xo’jalik qismi joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida, hajmi 34,5×33,5 m. U ibodatxona bilan 3 eshik orqali bog’langan. Ibodatxonaning xo’jalik qismida 15 ta xona ochilgan, ularning ko’pchiligida o’choq qoldiqlari topilgan. Majmua devorlari paxsa bilan tiklangan, xonalardagi so’risupalar va devorlarning ta’miri g’isht bilan urilgan. Hamma xonalar somon suvoq qilingan, faqat ikkita xona devorlari ganch bilan suvalgan. Bu 2 xona ibodatxona xo’jalik qismining sajdagohlari bo’lgan deb faraz qilinadi. Ikkita xonadan tandir qoldiklari va qalin kul uyumi topilgan. Tandirli xonalarni qazish vaqtida ko’plab hayvon suyaklari, xum, kosa, nimkosa, sopol qadah parchalari chiqqan. Xumlardan boshqa barcha idishlar kulolchilik charxida yasalgan va ochqizil rangli angob bilan krplangan. Sopol sirti archa bargli, disksimon naqshlar bilan bezagilgan. Shuningdek, sopol parchalariga yalang oyoq Budda tovon izlari tushirilgan.

Sopollar ichida pilta chiroqlar va sopol qozonlar ko’plab uchraydi. Bir xonadan sopol quvur topilgan. Fayoztepaga Amudaryodan suv keltirilganligiga ishora qiluvchi kanal izi o’rganilgan. Ushbu kanalga Amudaryodan chig’ir orqali suv chiqarilgan deb faraz qilinadi. Ibodatxona xo’jalik qismining katta hovlisi aylanasi bo’ylab kengligi 0,7 m li supa qurilgan. Uni qazish vaqtida sonsanoqsiz turli hayvon suyaklari topilgan, ko’plab sopol kosa va qadax, parchalari uchratilgan. Ushbu hovli Budda va uning rohiblariga atab qurbonlik qiladigan joy sifatida talqin qilinadi.

Fayoztepa majmuasining devorlari, asosan, paxsa va g’ishtdan qurilgan, ayniqsa, monastir va ibodatxona devorlarining balandligi 3 m gacha saqlangan. Ibodatxona xo’jalik qismining jan.sharqiy devorlari yaxshi saklanmagan. Barcha devorlar somonli loy b-n suvalgan bo’lib, ko’p hollarda suvoq ustiga oq rangda jilo berilib. uning usti rangli rasmlar bilan bezatilgan.

Fayoztepa Eron sosoniylarining bosqinchilik xujumlari natijasida xarobaga aylangan. 5-asr —6-asrning 1yarmida ibodatxona vayronalaridan eftaliylar daxma sifatida foydalanganlar. Arablar istilosi davrida Fayoztepa butunlay vayron qilingan, keyinchalik u ko’chma qumlar ostida qolib ketgan.

(vixara). Termiz shaxri yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shimoliy g’arbida Horatepalan 1 km shimoliy sharqda joylashgan.

Fayoztepaning ochilishi 1968 yil bahorida cho’pon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini Kuchma ыum ustidan topib, Termiz o’lkashunoslik muzeyiga topshirishidan  boshlandi. Yodgorlik 1968—76 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan o’rganildi. Fayoztepa maydoni ko’chma qumlar uyumidan tozalangach, uning me’moriy tarhi ochilib, u 3 qismdan iborat monumental inshoot, ya’ni markaziy qismida — ibodatxona, uning shimoliy g’arbida monastir, janubiy sharqida esa xo’jalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniklangan. Majmuaning umumiy mayd. 1,5 ming kv. m ga yaqin.

Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri — stupa bo’lib, u boshqa ibodatxonalardan farkli ularoq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chizikda joylashgan. Ular uzaro hovli maydonini kesib utgan g’isht va mergeliy toshi tushalgan yo’lakcha bilan bog’langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali (Bodxisatva) joylashgan, sajdagoh devorlari rangbarang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo’ylab o’z vaqtida budda haykallari (bal. 4 m) qщyilgan. Kupchilik haykallar qizil rang bilan bo’yalgan, so’ng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh janubiy devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan.

Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapo’sh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Ulardan biri Buddaga qarab sajda qilmoqda. Sajdagohning sharqiy devorida ham qandaydir devoriy rasmlar izi ko’rinadi. Xonadagi suvoq parchalarida har xil odamlarning rasmlari uchraydi. 60×80 sm li shakl bir suvoq parchasida Buddaga yuzlangan 2 ta erkakning rasmi topilgan. Har 2 shakl qiyofasiga ko’ra, baqtriyalik Budda ixlos mandlari bo’lib, ularning Buddaga sajda qilish holati tasvirlangan. Ushbu xonada ganchkori haykal bo’laklari ko’plab uchraydi. Hatto xonaning sharqiy devori ostida qaykallar uchun pishiq g’ishtdan maxsus tagkursi qurilgan, uning usti esa mergeliy tosh parchalari bilan silliq qilib qoplangan. Haykallarning kupchiligi esa somon qo’shilgan loydan yasalib, ularning sirtiga ganch qoplama berilgan. Haykallarning boshi maxsus qolipda qo’yilgan. Qo’l va oyoqlari alohida yasalib, so’ng ular haykal tanasiga yopishtirilgan.

Fayoztepa haykallari orasida ganchdan ishlangan Buddaning bosh qismi diqqatni o’ziga tortadi. Uning tutamlangan qopqora sochlari, fusunkor chexrasi unga go’zallik bag’ishlaydi. Buddani bunday ishlanishi kushonlar davri yodgorligida birinchi bor uchrashi edi. Ushbu muqaddas sajdagoh eshigi qarshisida yaxlit mergeliy toshidan yasalgan noyob san’at asari — triada topilgan. Triada markazida ipak mantiyaga o’ralgan Budda arka va muqaddas bodxa daraxti shoxlari ostida o’tiribdi, 2 yonida tik turgan rohiblar esa unga iltijo qilib turgan holatda tasvirlangan. Sajdagoxdan 2 Kanishka va bitta Vasudeva tangalari topilgan.

Ibodatxona hovlisi to’g’ri to’rtburchak shaklida, mayd. 33×20 m, uning to’rt tomoni bo’ylab budda rohiblarining eshiklari hovliga qaratilgan xonalari joylashgan. Ibodatxona hovlisi ushbu xonalarning hovli tomon devorlari bo’ylab yaxlit uzun ayvon bilan o’rab olingan. Ayvon devorlari rangbarang devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Rangli devoriy bezaklar ayvon devorining pastki qismidagina saqlangan. Ayvon osti bo’ylab supa joylashgan.

Ibodatxona hovlisining shim.g’arbiy qismida, mergeliy tosh parchalaridan trapesiya shaklida qurilgan hovuzcha bo’lib, uning tomonini pastki qismida suv oqizishga mo’ljallanib teshikcha yasalgan.

Teshikcha jag’lari keng ochilgan sher boshi qiyofasida ishlangan. Bunday hovuzlarda toza suv saqlangan.

Sher kushonlar davri san’atida Buddaning kuch va qudrat timsoli sifatida o’z aksini topgan. Diniy majmuaning 2qismi — monastir bo’lib, u ibodatxona bilan hovli karbiy devoridan ochilgan eshik orqali bog’langan. Monastir maydonida joylashgan xonalarda rohiblar va monastir talabalari istiqomat qilishgan, monastirda o’quv xonalari va zallari, ziyoratchilar to’xtab o’tadigan yotoqxonalar joylashgan. Xonalar devorlarida pilta chiroq yoritqichlari uchun tokchalar ishlangan. Ayrim xonalarning devori ostida Budda haykallari va ularni o’rnatish uchun supatagkursilar qurilgan.

Demak, rohib va talabalar hamda ziyoratchi sayyoxlar markaziy ibodatxonada diniy marosimlar to’xtagan vaqtda o’z ibodatlarini monastir sajdagoxlarida amalga oshirganlar.

Ibodatxonaning jan.sharqida uning xo’jalik qismi joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida, hajmi 34,5×33,5 m. U ibodatxona bilan 3 eshik orqali bog’langan. Ibodatxonaning xo’jalik qismida 15 ta xona ochilgan, ularning ko’pchiligida o’choq qoldiqlari topilgan. Majmua devorlari paxsa bilan tiklangan, xonalardagi so’risupalar va devorlarning ta’miri g’isht bilan urilgan. Hamma xonalar somon suvoq qilingan, faqat ikkita xona devorlari ganch bilan suvalgan. Bu 2 xona ibodatxona xo’jalik qismining sajdagohlari bo’lgan deb faraz qilinadi. Ikkita xonadan tandir qoldiklari va qalin kul uyumi topilgan. Tandirli xonalarni qazish vaqtida ko’plab hayvon suyaklari, xum, kosa, nimkosa, sopol qadah parchalari chiqqan. Xumlardan boshqa barcha idishlar kulolchilik charxida yasalgan va ochqizil rangli angob bilan krplangan. Sopol sirti archa bargli, disksimon naqshlar bilan bezagilgan. Shuningdek, sopol parchalariga yalang oyoq Budda tovon izlari tushirilgan.

manbaa: megadunyo.uz O’z. M. E. dan foydalanildi

Вам может понравиться

Добавить комментарий