Club Med La Palmyre haqida

Spread the love

So’nggi vaqtlarda menga Club Med haqida juda ko’p savollar berila boshlandi; Club Med nima u? Qanaqa kompaniya?

Bugun sizga Club Med La Palmyre haqida gapirib beraman va bu yerda olingan bir necha rasmlarni taqdim etaman.
Club Med yoki Club Méditerranée bu nafaqat Fransiyadagi, balki dunyodagi eng katta turistik kompaniyalardan bittasidir. Kompaniyaning nomini o’zbek tiliga tarjimasi “O’rta Yer dengizi klubi” degan ma’noni anglatadi. Club Medga bu nomni berilishini sababi kompaniyaning dastlabki faoliyati O’rta Yer dengizi atrofidagi davlatlarda tashkillashtirilganligi va Club Medning eng katta dam olish maskanlari O’rta yer dengizi havzasidagi davlatlarda joylashganligi bo’lgan. Lekin, asta-sekinlik bilan kengayib borgan Club Med dunyodagi oltita qit’aga kirib borgan va bugun ham olti qit’ada faoliyat olib boradi.
Faoliyati dastlab dengiz bo’yidagi dam olish maskanlarida bo’lgan Club Med bugungi kunga kelib turizmning barcha sohalarini qamrab olgan. Dunyoning bir necha davlatlariga tarixiy yoki madaniy turizm, yozgi va qishki turizm va hokazolar…
Club Medning dunyoni turli davlatlariga sayohatlar tashkillashtirishini ko’rib, O’zbekiston bilan ham ishlarmikan deb bir qiziqib ko’rdim. Club Med O’zbekistonga ikki haftalik turlar tashkillashtirar va mijozlari soni ham ancha ko’p ekanligini bilib oldim.
Men hozir bo’lib turgan Club Medning La Palmyre shaharchasidagi bo’limi 2003-yilda ochilgan bo’lib, 1400 mijozga mo’ljallangan. Club Medning ushbu dam olish maskanlari fransuz tilida “village de vacances”, o’zbek tilida tarjimasi “dam olish yoki ta’til qishlog’i” deb nomlanadi. “Qishloq” so’zi bu yerda dam olish maskani sifatida tushiniladi desa ham bo’ladi.
Club Med La Palmyre bu yil o’zining 10 yilligini nishonlayadi.
Club Med La Palmyre ga asosan quyidagi sabablar bo’yicha kelishadi:
-Dengiz bo’yida dam olgani. Club Med La Palmyre Atlantika okeani qirg’og’ida, archa o’rmonlari orasida joylashgan bo’lib, dam olish maskani 15 kmlik plyaj (plyaj so’zini o’zbekcha tarjimasini eslay olmadim)ni ustida joylashgan. Umuman olganda plyaj bo’yidagi manzara juda ham chiroyli. Archa o’rmonlari tugab dengiz boshlanadi. 15 km plyajning 2 kmga yaqinroq hududida nudiste lar va gomoseksuallar plyaji bo’lib, qolgan  13 kilometrdan ortiqroq hududi oilaviy emin-erkin dam olish mumkin.

-Eshkak eshish kabi dengiz sport turlari bilan shug’ullanish. Juda ko’plab mijozlar aynan dengiz sport turlari bilan shug’ullangani bu yerga kelishadi. Bu sport turlaridan ikkitasi asosan mashxurdir. Birinchisi katamaran bo’lib, ikkinchisi vindsyorfingdir (ikkala sport turini nomini o’zbek tilida izlab ko’rdim, afsuski topolmadim va rus tilidagi variantini berdim). Katamaran bu ikkita yelkandan iborat bo’lgan, suvga ikki tomondan botib turgan va shu ikki tomon bir-biriga bog’lanib turgan, kemani boshqarish sport turidir. Buni o’rganish vindsyorfingga qaragnda osonroq chunki katamaranni ikki kishi boshqaradi. Muximi shamolga qarab yelkanlarning harakatini kuzatib turish, uni to’g’rilash, o’z yo’nalishiga qarab o’zgartirish kerak. Biroz jismoniy tarafdan kuchli bo’lish va biroz malaka ushbu sport turi biilan shug’illanish uchun yetarli. Bu sport turini o’rganishni vindsyurfingdan osonligi shundaki, bu yerda ikki kishidan biri murabbiy bo’ladi va u sizga doimiy harakatlarni tushintirib, o’rgatib boradi. Ikki-uch martalik darsdan keyin bemalol o’rganib oldim va bugun qo’rqmasdan katamaranni boshqara olaman. Aksincha, vindsyorfing ancha qiyin bo’lib, unda bir kishi bitta yelkanli qayiqni nazorat qilish kerak va buni organish uchun vaqt va ishtiyoq kerak bo’ladi.

-Bu yerdagi katta golf maydoni. Bu yangi golf maydoni bo’lib, 2007-yilda ochilgan, dengiz bo’yida, o’rmonning bir qismida yaratilgan ushbu golf maydoni juda ham chiroyli bo’lib, ko’plab ushbu sport turi muxlislarini jalb qiladi.
-Quruqlikdagi sport turlari: velosport, tennis, plyaj voleyboli, kamondan o’q uzish, futbol, fitnes, regbi, suzish va turli xil shunga o’xshash sport turlari.
-SPA. SPAni o’zbek tilida tarjimasini yoki shunga maqbul so’zni qidirib topolmadim. Hatto rus tilida ham olhida so’z yo’q ekan. Rus wikipediasida SPA so’ziga quyidagicha tarif berilgan:
 “Spa — ето физиотерапии, связанный с водой. Синоним таких понятий, как водолечениебальнеотерапия и талассотерапия.
Спа-курорты предлагают лечение минеральными и морскими водами, водорослями и солями, лечебными грязями и целебными растениями. Известными европейскими спа-курортами являются Виши и Эвиан во Франции и Абано Терме в Италии.

В настоящее время многие отели мира имеют собственные спа-центры. Существует индустрия спа-салонов, предлагающих посетителям гидромассажные ванны.” Bu yerdagi SPA turli xil massajlar, sauna, hammam bilan odamlarni jalb qiladi. (Club Medni eng qomati kelishgan qizlari shu bo’limda ishlashadi)

-Mini Club. Bu yerda Mini Clubning borligi ham ko’plab mijozlarni qiziqishiga sabab bo’ladi. Mini lub o’z nomi bilan Club Medning kichigidir yani bolalar bilan shug’illanadi. Odatda oila bilan biror joyga dam olgani borganda ota-onalarning asosiy vaqti bolalarga ketib qoladi. Shu muammoni hal qilish uchun Mini Club yaratilgan. Mini Club bolalar bilan shug’illanadi. Ularning dam olish, turli xil o’yinlar o’ynashi, sport bilan shug’illanishini ta’minlaydi. Mini Clubga borganda doimo haqiqiy baxtli bolalarni ko’rishiz mumkin. Kimdir basseynda, yana kimdir attractionda, qolgan qismi kuylashyapti, yana bir qismi bu yerda turli xil ertak qahramonlaridek kiyinib olgan ishchilar bilan o’ynashyapti. Mini Club bolalarni dengiz bo’yiga olib boradi, dengizning chuqur bo’lmagan qismida ularni eshkak eshish bilan shug’ullantiradi. Yana kichik velosipedlarda o’rmon bo’ylab sayohat, kamondan o’q uzish, tennis kabi sport turlari bilan shug’illangan bolalar ota-onalaridan ko’ra yaxshiroq dam olishadi desam ham adashmagan bo’laman. Shu vaqtning o’zida bolasidan ko’ngli to’q ota-onalar o’zlari xoxlagandek dam olishadi.
-Animatsiya.  Animatsiya qismi Club Medda juda katta rol o’ynaydi. Bu yerda doimiy o’yinlar, shoular, raqs, spektakllar tashkillashtiriladi. Soat 19-00da barcha sport turlaridagi faoliyat to’xtatilgandan keyin Club Medda tungi hayot boshlanadi. Dastlab 19-00da fransuzchasiga “apéro”ga borishadi yani hamma ovqatdan oldin biroz spirtli ichimlik ichib, yengil u-bu narsa yeb olib ishtaxani ochish uchun hamma barda to’planadi. Barda bu vaqtda turli xil qo’shiqchilar yoki guruhlar konsert berishadi, bazida vinolar yoki modalar ko’rgazmasi tashkillashtiriladi. Club Medning “Club Med Artist” nomli bo’limi bo’lib qo’shiqchilar bilan shug’ullanadi, ularni ishga oladi. Ushbu qo’shiqchilar har haftada bir dam olish maskanidan boshqa dam olish maskaniga borib konsert berib yurishadi. Ushbu konsertlar to’liq jonli tarzda bo’lib har doim ushbu qo’shiqchilarning talantiga tan bermasdan boshqa ilojimiz yo’qdir. Undan keyin 19-30 dan boshlab restoranga borishadi. Restorandan chiqqanda spektakllar boshlanadi/ Spektakllar doim juda qiziqarli bo’lib, haqiqiy professional tarzda tashkillashtirilgan raqs sepktakllaridir. Ularning mavzulari ham ancha qiziq bo’lib, “Michael Jackson”, “French cancan” kabi turli xil rosa qiziqarli spektakllardir. Spektakllardan so’ng tungi klubda bayram davom etadi. Dastlab hamma ishchilar va mijozlar bilan birga “Crazy sign” b’olib o’tadi. “Crazy sign” bu faqat Club Medga xos narsa bo’lib, podiumda animatsiya bo’limidagi ishchilar chiqib raqsga tushib boshladi va hamma ular bilan bir xil raqsga tushishga harakat qiladi. “Crazy sign-” dan keyin bo’lsa haqiqiy raqslar boshlanib, endi xoxlagancha raqsga tushib, bayral qilish mumkin.”Crazy Sign” ga bir misol

-Insoniy aloqa. Ushbu faktor Club Medning muvaffaqiyatlarini asosiy sababidir. Bu yerga ko’plab insonlar nafaqat dam olgani, balki yangi do’stlar orttirgani, boshqalar bilan bo’lib kundalik tashvishlarini unitgani, inson mehri uchun keladi. Vu yerda ishlaydigan har bir ishchi ish soatidan tashqari Club Med mijozlari bilan doim birga bo’lishi, ular bilan ovqatlanishi, birga raqsda tushishi, doim ularga hamroh bo’lishi kerak. Bir hafta, bazida ko’proq davomida ishchilar bilan birga bo’lgan mijozlar rosa yaqin bo’lib ketishadi. Dastlab kulib kirib kelgan mijozlar oxirida yaqin bir insonidan ajralayotgandek yig’lab Club Medni tark etadi. Yevropada oila modeli inqirozga uchraganligi hammamizga ma’lum. Bu yerdagi juftliklarning  foizga yaqini vaqt o’tishi bilan ajrashib ketadi. Yana kimdir boshqa sabab bilan yolg’izlanib qolgan, yana kimdirning tashvishlari ko’payib ketgan. Shu kabi insonlar biroz mehrga, insoniy nurga ehtiyoj sezib, o’z baxtsizligini unutish uchun ham Club Medga dam olgani kelishadi. Bu yerda yangi do’stlar, yangi insonlarni uchratishadi, hayotlari o’zgara boshlaydi.


-Zoopark. Club Med La Palmyre dam olish maskanidan 500 metr masofada Yevropadagi eng katta zoopark joylashgan va bu ham Club Medga keladigan mijozlarni qiziqtirmasdan qolmaydi.

Club Medning nomida “klub” so’zi bor. Club klub bo’lishi uchun uni azolari bo’lishi kerak. Club Medning ham azolari bor yani Club Medda tizim quyidagicha tashkillashtirilgan. Bu yerda uch xil klub azolari bor. Birinchisi GM yani “gentille membre” (xushmoamala a’zo) deb nomlanadi. Bu Club Medga dam olgani keladigan mijozdir. Ikkinchi qism “GO” yoki “gentille organisateur” (xushmoamala tashkilotchi) bo’lib, bu Club Medning barcha sohalardagi ishchilaridir. Yani bizning vazifamiz ushbu “GM” yoki mijozlarning dam olishi ajoyib tarzda o’tishini tashkillashtirishdir.  Uchinchi xil azo bo’lsa “GE” yoki “gentille employé” deb nomlanib, bular restoran, bar, ustaxonada ishlovchilar, Club Medda tozalikni ta’minlovchi kishilar yoki oddiy ishchilardir.
 “GM” va “GO”lar ko’pincha birga bo’lishadi, “GO”ning vazifasi bu “GM”ning dam olishi maksimal tarzda qiziqarli o’tishini taminlashdir. Shu uchun ham ish soatidan tashqari biz doim mijozlar bilan birga bo’lishimiz, soat 19-00da ular bilan birga biroz ichgani barga borishimiz, birga ovqatlangani restoranga borishimiz, ular bilan birga spektaklga borish, raqsga tushishimiz kerak. Buni oddiy qilib quyidagicha tushuntirishim mumkin. 8 soatlik ishdan tashqari mijozlar bilan birga dam olishga “majbur”miz))). Club Medning “GO” ishchilari Club Medning o’zida yashashadi. Ular ham mijozlar kabi xonalarga joylashtirilgan, xonalarini doimiy xizmatchilar tozalagan, kirlari yuvilgan, xullas juda ajoyib imkoniyatlardan foydalanishadi. Shu uchun ham ishchilar nafaqat Fransiyaning turli hududlaridan, balki butun Yevropa davlatlaridan o’z sohasidagi ajoyib mutaxassislar yig’ib olingan.  Shu bilan birga yetti oy davomida birga ishlagan, yashagan “GO”lar bitta katta oilaga aylanadi. Shu uchun ham har safar yangi bir ishchi kelsa uni “Oilamizga xush kelibsan” deb kutib olamiz.
“GE” yoki oddiy azolar bo’lsa, mahalliy ishchilar bo’lib, ular Club Meddagi imkoniyatlardan foydalana olishmaydi, yoki foydalanish uchun 30 foizlik chegirmaga egadirlar. Ular Club Medda ishlash uchungina kelishadi, 8 soat ishlab o’z uylariga qaytib ketishadi lekin dam olish maskani hayotida hech qanday ishtirok qilishmaydi.
Club Med La Palmyre bir yilda faqat 7 oy davomidagina faoliyat yuritadi. Qolgan vaqtda bu dam olish maskani yopiq bo’ladi. buning asosiy sababi ob-havodir. Dengiz bo’yidagi dam olish maskaniga odamlar faqatgina havo yaxshi bo’lgandagina kelishadi. Yomg’ir yoki qorli havoda hech narsa qilib bo’lmasligi uchun bu yer juda zerikarli bo’lib qolsa kerak.
Lekin, “GO” lar, yani Club Medning malakali ishchilari bu bilan ishsiz qolishmaydi. Ular Club Medning bosh ofisi tomonidan ishga olingan bo’lib, noyabrda endi Club Medning qishda ochiladigan dam olish maskanlariga ishlagani jo’nab ketishadi. Bular Fransiya, Shvetsariya va Italiya yoki boshqa davlatlardagi tog’lardagi dam olish maskanlaridir.

Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, Club  Medning dam olish maskanlaridagi tizim juda mukammal tashkillashtirilgan bo’lib, ishchilar uchun ham, mijozlar uchun ham ajoyib imkoniyat beradi. Club Med La palmyre direktori tez-tez bizga hazillashadi: “Sizlar dam olganligingiz uchun oylik olasizlar!”. Haqiqatdan ham Club Medda ishlab turib bir vaqtning o’zida zavq ham olamiz.

Quyida Club Medni bir nechta rasmlarini taqdim etaman:

Вам может понравиться

Добавить комментарий