Turfa olamdan – turfa faktlar

– O’tmishda shumerliklar sarimsoq sharbatini zaharga qarshi dori sifatida ishlatishgani haqida ma’lumotlar bor.

– Inson yolg’on gapirganida yuragi odatdagidan ko’ra tezroq ura boshlaydi. Buni miloddan oldingi 250 yillarda yunon shifokori Erasistrat (mil. ol. 300-240) aniqlagan edi. Ayni kunda mazkur kashfiyot “yolg’on detektori”ning ishlash printsipi asosini tashkil qiladi.

– 1302 yili italiyalik shifokor Bartolomeo da Varinyana Yevropada birinchi bo’lib sud ekspertizasi uchun murdani yorib ko’rgan.

– Ayblanuvchining qanday inson ekanini husnixatiga qarab aniqlash ilk bor 1595 yili Parijda amalga oshirilgan.

– 1891 yilda Buenos-ayreslik politsiyachi Xuan Vuchetich birinchi marta jinoyatchini barmoq izlariga qarab aniqlagan edi. Bu voqea kriminalistika sohasida haqiqiy inqilob bo’ldi.

– “Kleopatra” (1963) tarixiy dramasida bosh rolni ijro etgan Elizabet Teylor film davomida roppa-rosa 65 xil libos kiyadi.

– Ko’zoynaklar dastlab “ko’z uchun mo’ljallangan kichik diskchalar” deb atalgan.

– Insonning ko’zoynak taqqan holda chizilgan ilk surati – mashhur italyan rassomi Tommazo Barizino mo’yqalamiga mansub “Provansaliyalik Gugo portreti”dir.

– 1755 yilda Portugaliya poytaxti Lissabonda shunchalik kuchli yer silkinishi ro’y berganki, oqibatda 50 ming kishi, ya’ni shahar aholisining beshdan bir qismi halok bo’lgan.

– Poroxni Yevropaga arab sayyohlari XIV asr o’rtalarida olib kelishgan. U paydo bo’lishi bilan ritsarlar davri tugadi, chunki ritsarlarning temir sovutlari miltiq o’qidan saqlay olmasdi.

– Bilasizmi, tuyaqush tuxumining o’rtacha kattaligi 13,5 sm., og’irligi 1,6 kg.ga teng. Ya’ni, tovuq tuxumidan ancha katta.

– Toshbaqalar 200-300 yil umr ko’rishi mumkin. Bir paytlar ingliz olimi Charlz Darvin (1809-1882) ko’zdan kechirgan Argentina davlatiga qarashli Santa-Krus orolidagi toshbaqa hali ham tirik ekan. Uning og’irligi 300 kg bo’lib, uzunligi 70 sm.ga teng.

– Biz o’zbeklar, odatda, sigir va echki sutini ko’proq iste’mol qilamiz. Arablar tuya, misrliklar buyvol, peruliklar lama (Janubiy Amerika tuyasi), tibetliklar esa qo’tos sutini ma’qul ko’rishadi.

– Agar biz ham burgadek sakray olganimizda, bir sakrash bilan futbol maydonini ortda qoldirgan bo’lardik.

– Markaziy va Janubiy Afrika chakalakzorlarida uchraydigan noyob hayvon – silovsin bir soniyada o’rtacha ikki metr masofani bosib o’tadi. Agar yugursa, bu ko’rsatkich 4 metrga yetar ekan.

– Ovro’paliklar ilk marotaba jirafani ko’rganlarida uni leopard va tuyaning duragayi deb o’ylashgan Shu bois unga “tuyapard” deb nom bergandilar. Yangi tug’ilgan jirafa bolasining bo’yi 2 metrdan kam bo’lmaydi.

– Gibbonning qovoqlari yo’q. Tabiiyki, u ko’zini yuma olmaydi. Shuning uchun bu mitti jonivor ko’zlari charchasa, uzundan-uzun tili yordamida ularni galma-galdan yalab, ho’llaydi.

– Ko’rsichqon bir kechada 76 metr “er osti yo’li” qaziy oladi.

– Gepard soatiga 100-120, sher va kiyik 80, quyon, eshak va sirtlon 55, bo’ri va karkidon esa 45 km. tezlik bilan yugurishga qodir.

– Hasharotlar yer yuzida insondan milliard yillar burun paydo bo’lganligini bugun dunyo olimlari e’tirof etishmoqda. Mabodo termoyadroviy ofat tufayli insoniyat qirilib ketganida ham, suvaraklar hayot kechirishda davom etaveradi. Buning isbotini atom bombasi sinab ko’rilgan joylarda suvaraklarning yashayotganligi misolida ham ko’rishimiz mumkin.

– Gepard 180 metrga yugursa, tanasining harorati Tselsiy shkalasi bo’yicha 1,5 darajaga ko’tariladi. Ana shundan so’ng yirtqich 15 daqiqalar dam olishi zarur.

– Dengiz sathidan 5000 metr balandlikda yashaydigan Iguananing tana harorati Tselsiy bo’yicha 1,5 darajagacha ham tushadi.

– Grenlandiya tyulenining bolasi dastlabki oylarda kuniga 1,5 kilogrammga semiradi.

– Ayrim o’rgimchaklarning ko’z diametri 1,5 sm. va undan ham kattaroq o’lchamga ega.

– Kashalot (kit turi)ning bir dona tishi 1,6 kilogramm tosh bosadi.

– Ayrim ilonlar soniyasiga 1,6 metr tezlikda harakatlanadi.

– Kalxat 1,6 km. balandlikdan ohuning o’lib yotganini ko’ra oladi.

– Batilixnopsning har bir ko’zida ikkitadan qorachiq bor. Shu bois ham uni “to’rtko’z baliq” deyishadi.

– Oq qorinli kaltakesak bir yeyishda 2 kg. termit chumolini paqqos tushirishi mumkin.

– Hindiston buyvolining shoxlari 2 metr.

– Zubr 2 metr balandlikdagi to’siqdan sapchib o’tib keta oladi.

– Bo’rsiq 10 sm. yo’g’onlikdagi daraxtni 2 daqiqa ichida g’ajib, uzib tashlashi mumkin.

– Shashkada birinchi yurishning 7 ta yo’li bor.

– Kinematografiyadagi eng ko’p suratga olinadigan sport turi – boks.

– Kiyim-kechak ishlab chiqarishda ilk bor teflon dan foydalanish futbol bilan bog’liq. “DuPont” kompaniyasi mashhur darvozabon Lev Yashinga teflon tolali bosh kiyim va qo’lqop tuhfa qilgan. Bosh kiyim unga juda yoqdi. Ammo qo’lqoplar uni xafa qilgan. Chunki teflon tolali matodan qilingan qo’lqoplardan to’p sirg’anib chiqib ketarkan. Bu ko’p bor o’z tasdig’ini topgan. Kim biladi, deysiz, ehtimol, Yashinga atayin shunaqasidan sovg’a qilishgandir!

Вам может понравиться

Добавить комментарий