Quruqlikning fauna dunyosi

Spread the love

Paleogen (paleo…  va  yun. ge —  yer) —  Sharqiy  yarim  sharning,  asosan,  tropik hududlarini o’z ichiga olgan quruqlikning fauna dunyosi. Faunasi qadimiy Gondvana hayvonlari guruhiga  xos: (Gondvananing  Braziliya-Afrika  qit’asi); tuyaqushlar, 2  xil  nafas  oluvchi baliqlar, toshbaqalar, timsoxlar, xartumlilar, odamsimon maymunlar, yirtqichlar (yo’lbars, arslon, gepard) va boshqa 3 ta fauna oblastiga bo’linadi.

Картинки по запросу фото Палеоген

Efiopiya oblasti Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy, Arabiston yarim orolining janubiy qismi, Afrikaning shar-qidagi orollarni o’z ichiga oladi. Faunasi xilma-xil va boy, endemik yoki yarim  endemik  turkumlar (damanlar,  nay-tishlilar,  afrika  tuyaqushlari)  va  oilalar (jirafasimonlar, suv ayg’irlari, kitboshlilar, sesarkalar va boshqalar)ga ega.

Картинки по запросу dinosaurs really looked like

Madagaskar fauna oblasti— Madagaskar, Seyshel, Amirant, Qamar, Maskaren orollarni o’z  ichiga  oladi.  Ilk  neogendan  boshlab  mustaqil  rivojlangan;  hayvonot  dunyosi  Afrika faunasi bilan chambarchas bog’liq. Ayrim qadimiy hayvonlarning bo’lishi bu oblastning Janubiy Osiyo va Janubiy Amerika bilann bog’liqligini ko’rsatadi. Endemiklari orasida lemurlar, tenreklar va boshqalar bor. Gekkonlar, ssinklar, xameleonlar ko’p uchraydi. Tuyokdilar va afrika qushlarining 20 ga yaqin oilasi uchramaydi.

Hind malay oblasti—Janubiy Osiyo va Osiyo bilan Avstraliya o’rtasidagi o.ning ko’p qismini o’z ichiga oladi. Tarixiy jihatdan Efiopiya oblasti bilan bog’langan (fillar, karkidon, tor bu-runli  va  odamsimon  maymunlar,  pangolinlar  va  boshqa oblastda  keng  tarkalgan).  Notogeya zoogeografiya  dunyosiga  o’xshashlik  belgilari  ham  bor.  Turlari  va  urug’larining  xilma-xilligiga qaramasdan yuqori taksonlar orasida endemiklari ko’p emas(uzuntovonlilar, jun qanotlilar,  tupayyalar,  gibbonlar).  Mazkur  oblastda  buyvol,  banteng,  cho’chqalarning xonakilashtirish markazi joylashgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий