Jabal makoni

Spread the love

Jabal makoni — mezolit, neolit va jez davri (miloddan avval 7—2-ming yilliklar) ga oid makon.

Turkmanistondagi Katta Bolxon tog’larida,  Turkmanboshi— Ashxobod temir yo’lidagi Jabal stanyasidan 3,5—4 km sharqdagi g’orda joylashgan. G’or ikki tarmoqdan iborat bo’lib, og’zi janubga qaragan, kengligi 9 metr, chuqurligi 7,5 m, balandligi 4 metr. 1949—50 yillarda A. P. Okladnikov tomonidan o’rganilgan.

Похожее изображение

Jabal makonining madaniy qatlami 3 metr qalinlikka ega. Jabal makonining pastki 6-madaniy qatlamida  o’rta  tosh  davriga,  keyingi  qatlamlaridan  neolit  va  jez  davriga  oid chaqmoqtoshdan ishlangan qirg’ich, paykon va ko’plab chaqmoqtosh chiqindilari, jayran, yovvoyi echki, baliq va boshqa hayvonlarning suyak qoldiqlari, sopol idishlar topilgan. Bu narsalar xo’jalik hayotida ovchilik, baliqchilik va terimchilik asosiy o’rinni egallaganini ko’rsatadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий