Tramp Sayfullo Soipovni qatl etishni talab qildi

Amerika Qo’shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Nyu-York shahrida amalga oshirilgan terakt ijrochisiga tayinlanadigan jazo xususida o’z fikrini bildirdi. 

U Sayfullo Soipovga oliy jazo tayinlash tarafdori ekanini ma`lum qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

«Nyu-York terakti ijrochisi IShID bayrog’ini palatasiga osishlaridan xursand bo’lardi. U 8 kishini o’ldirib, 12 kishini jarohatladi. Uni qatl qilish kerak», deya yozgan Oq uy rahbari tvitterida.

Eslatib o’tamiz, asli o’zbekistonlik va Green Card lotereyasi orqali 2010 yilda AQShga ko’chib ketgan Soipov 31 oktabr kuni Nyu-Yorkning Manhetten hududida ijaraga olgan pikap mashinasini odamlar ustiga haydab, qo’poruvchilik sodir etgan edi. Buning oqibatida 8 kishi halok bo’lib, 12 nafar odam jarohatlandi. 

manbaa: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий