Toshkent teleminorasi tarixini bilasizmi?

Toshkent teleminorasining zamonaviy hayotini avvalgi maqolamizda ochib bergan edik. Bugungi maqolada esa uning tarixi, qurilish jarayoni bilan o‘quvchilarimizni tanishtirish maqsadidamiz.

Изображение 026

O‘tgan asrning 60-yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida mustahkam joy egallay boshladi. 1957-yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi O‘zbekiston telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish, televizion ko‘rsatuvlarni ko‘paytirish va tog‘li tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik qilib qoldi.

Toshkentdagi ilk telemarkaz. Foto: wikimapia.orgToshkentdagi ilk telemarkaz. 

1971-yilning 1-sentabrida O‘zbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga kirishildi. Loyiha juda sinchkovlik bilan o‘rganildi, qayta-qayta sinovlardan o‘tkazildi. Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada bo‘lmagandi.

1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi

Nihoyat, 1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi. Minorani tiklashda qurilish uchun zarur bo‘lgan metal turlari va xususiyatlari jiddiy o‘rganib chiqildi.

Teleminora bir-biri bilan bog‘lanmagan temir-beton asoslarga tayanganTeleminora bir-biri bilan bog‘lanmagan temir-beton asoslarga tayangan

Binobarin, qurilmalarning biron joyida nuqson bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, texnologik talab va standartlarga rioya etish juda muhim edi. Germaniyadan keltirilgan po‘lat qurilmalar Toshkentda qayta ishlab chiqarildi.

Teleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildiTeleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi

Har qanday inshootning mustahkamligi albatta poydevoriga bog‘liq. Teleminoraning to‘rt tayanchi va unga tutashgan uchta oyoqlari 11 metrlik chuqurlikdan ko‘tarilib chiqilgan, bir-biri bilan bog‘lanmagan temir-beton asoslarga tayangan bo‘lib, muvozanatini o‘ta yuqori darajada ushlab turishga qodir klassik tizim yaratildi.

Teleminoraning uchta oyoqlaridan biriTeleminoraning uchta oyoqlaridan biri

Teleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. Mutaxassislar oldida eng baland inshootni barpo etish, g‘ayrioddiy, shu paytgacha amalda qo‘llanilmagan muammolarni hal qilishdek mas’uliyatli vazifa turardi.

Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirildiMinora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirildi

1984—85-yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab o‘lchovini to‘g‘ri olish oson kechmadi. Biroq, bunyodkorlar buni uddaladi. Qurilishda Rossiyalik mutaxassislar ham faol ishtirok etdi.

Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirildiMinora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirildi

Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirildi. Teleminoraga hali mamlakatimizda uchramagan, 220 metr balandlikka ko‘tariladigan Shveytsariyaning uchta tezyurar “Shindler” lifti ham o‘rnatildi.

1984—85-yillardagi qahraton qish sharoitiga qaramasdan, qurilish davom etdi1984—85-yillardagi qahraton qish sharoitiga qaramasdan, qurilish davom etdi

1985-yil 15-yanvarda inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi. Bo‘zsuv yoqasidagi mo‘jiza ana shu tarzda bunyod etildi.

1985-yil 15-yanvarda inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi1985-yil 15-yanvarda inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi

Toshkent teleminorasi faoliyatini undagi bo‘lim va maxsus sexlarsiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Markazda o‘ndan ortiq sexlar hamda Toshkent viloyati tele-radio stansiyalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 220 metr balandlikda joylashgan stansiya o‘ziga xos zamonaviy texnologiyalar hamda kuzatuv moslamalari bilan ta’minlandi.

Minora ishga tushgan vaqtda, bir televizion dastur uchun 2-3 ta xona hajmidagi uskuna kerak bo‘lganMinora ishga tushgan vaqtda, bir televizion dastur uchun 2-3 ta xona hajmidagi uskuna kerak bo‘lgan

Toshkent go‘zalining barpo etilish tarixi ana shunday bo‘lgan. Eksklyuziv arxiv suratlarni nashrimizga taqdim etgani uchun “Daryo” tahririyati Toshkent radioteleuzatish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdusattor Matkarimovga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий