Tesla cherepitsadan arzon quyoshli tomni ishlab chiqarmoqchi

Ilon Mask rasman ma’lum qilishicha, Tesla va Solar City tomonidan ishlab chiqariluvchi “quyoshli tom” kamida quyosh batareyalarisiz tomlarga nisbatan arzon yoki cherepitsadan qimmat bo’lmaydi. Chunki cherepitsaga o’xshab ko’ringan fotounsurli qoplama elektr energiyasini ham ishlab chiqaradigan bo’ladi.

AQShda bir necha yildan buyon cherepitsa uslubida yasalgan “quyoshli” qurilish mollari sotiladi. Ammo Tesla va Solar City taklif qilayotgan qurilish materiali cherepitsaga o’xshasada, juda mustahkam kvarts shishasidan tayyorlangan. Bu og’ir metall buyumning ikki metrdan qulab tushishiga dosh beroladi. Maxsus qoplamada fotounsurlarni ko’rish mushkul va bu cherepitsaga juda o’xshaydi. Bu haqda life xabar beradi.

manba: today.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий