Teridagi chiziqlar nima sababdan paydo bo’ladi?

Strii yoki chiziqlar – bu har xil sabablarga ko’ra teri ustida paydo bo’luvchi chandiqlarning bir turi.Bu maqolamizda bu chandiqlarning asosiy turlari va ularni bartaraf etish vositalari haqida aytmoqchimiz.

Paydo bo’lish sabablari:

– o’smirlik yoshidagi gormonal o’zgarishlar;

– homiladorlik paytidagi gormonal o’zgarishlar va terining tortilishi;

– kollagen va elastin sintezining buzilishi;

– tez semirish yoki ozish.

Bu sabablar bir-biriga o’xshash, ba’zilari esa bir-biriga bog’liq. Gormonal muvozanatsizlik kollagen va elastin sintezini buzadi, bu esa o’z navbatida semirishga olib keladi. Teri tortiladi, yupqalashadi va terining yuqori qavatida uzilish ro’y beradi. Natijada teri ustida chiziqlar paydo bo’ladi.

Dastlabki bosqichda chiziqlar paydo bo’lishining oldini olish mumkin. Terini cho’zilishdan saqlovchi choralarni qo’llang. Jismoniy mashqlar bajaring.

To’g’ri ovqatlaning. Meva va sabzavotlarni ko’p iste’mol qilish organizmni vitaminlar bilan ta’minlaydi. Oqsilga boy ovqatlar esa organizmda kollagen va elastin sintezlanishiga yordam beradi. Vaznning oshib ketishiga yo’l qo’ymang.

Uy sharoitida tayyorlangan krem va skrablar chiziqlarni kamaytiradi va teriga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Aloe sharbatidan qilingan krem

Aloe sharbati, zaytun yog’i va 10 tomchi A, E vitaminlarini aralashtirib krem tayyorlang. Terining muammoli joylariga bir kunda 2 mahal suring.

Shakardan skrab

Bir xil miqdorda tuz va shakarni aralashtiring va istalgan o’simlik yog’idan qo’shing. Yaxshilab aralashtiring va teriga suring. Birozdan so’ng iliq suvda yuving.

Вам может понравиться

Добавить комментарий