Telefon-qo‘lqop

Britaniyalik dizayner Shon Maylz O2 uyali aloqa kompaniyasi hamkorligida mobil telefon garniturasi vazifasini bajaruvchi qo‘lqopni yasadi.

Qo‘lqopning bosh barmog‘iga mikrofon, jimjilog‘iga esa dinamik o‘rnatilgan. Qo‘lqopni blutus orqali smartfonga ulash va barmoqlarni go‘shak ko‘rinishida bukish orqali telefonda istagancha gaplashish ham mumkin.

Картинки по запросу Shon Maylz O2

Dizayner telefon-qo‘lqopni yasashda iste’moldan chiqqan elektron moslama va materiallardan foydalangan. Qo‘lqoplarga kelsak, Miu Miu va Pineider brendlari kolleksiyasi orasidan tanlab olingan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий