Madiyes— saklar shohi

Spread the love

Madiy, Madiyes— saklar shohi (miloddan avval 7-asr). Midiya shohi Fraort ossuriyaliklar bilan bo’lgan jangda yengilgach, o’g’li Kiaksar qo’shinni qayta tuzib, urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi.

Gerodottng  yozishicha,  Kiaksar  otasi  uchun  qasos  olish  maqsadida  Nin  shaxriga  yurish  qilib, ossuriyaliklarni yengadi, Nin shaxrini qamal qilgan paytida uning mamlakati hududiga skiflar (saklar)ning  ulkan  qo’shini  bostirib  kiradi.  Ko’pchilik  olimlar  ularni  saklar  deb hisoblaydi. Saklarnint podshosi Madiyesbo’lib, u Partatuy (Protofiyey)ning o’g’li bo’lgan. G’arbiy Turkistondan  massagetlar  tomonidan  siqib  chiqarilgan(miloddan avval taxminan 720),  saklar kimmeriylarnk Yevropadan quvib chiqarib, Osiyoda ta’qibni davom ettirganlar va shu tariqa Midiya yerlariga bostirib kirganlar. Madiyesmidiyaliklarni jangda yengib, ularning qudratini sindirgan. Gerodotning xabar berishicha, skiflar butun Osiyo bo’ylab o’z hukmronliklarini tarqatganlar. So’ngra MadiyesMisrga yurish qilgan. Falastinda Misr podshosi Psammetix Madiyesni sovg’a-salomlar bilankutib olib, undan yurishni davom ettirmaslikni iltimos qilgan. Skiflar shu yerdan orqaga qaytishgan. Ular Osiyoda 28 yil hukmronlik qilganlar. Kiaksar Madiyesni jangda yenga  olmaganidan  so’ng  hiyla  ishlatgan.  Madiyes bilan sulh  tuzib,  uning  jangchilarini  yarashish ziyofatiga taklif etadi. Ularni to mayet bo’lgunlarigacha ichirishgan. Sarxush bo’lib qolgan Madiyes va uning askarlarini shu yerda tig’dan o’tkazadilar. Ayrim tadqiqotchilar (A. Abdurahmonov)  fikricha, Madi turkiycha ismdir. Maad qad. turkiy tildagi alp, bahodir so’zining sinonimii shaklidir.  Tuva  tilida  bu  so’z  hozirgacha  saqlanib  qolgan  bo’lib,  Maadir  shaklida qo’llaniladi. Ya’ni Maadbotir, bahodir, — ir esa er demakdir. Maadirning yana bir turkiycha ko’rinishi Alp Er hisoblanadi… Bu o’rinda Madi, Ma’di kabi nomlar hoz. turkiy, jumladan,  o’zbekcha ismlar orasida mavjuddir. Ba’zi olimlar(R. Girshman)ning fikricha, Madiyesqabri Janubiy  Ozarbayjon(Eron)dagi qadimgi Ziviye tepaligida joylashgan.

Manba: Gerodot, Istoriya v9 knigax, L., 1972. Faxriddin Hasanov.

Вам может понравиться

Добавить комментарий