Tanazzulga yuz tutgan xududlar

“Jugrofiy kashfiyot” iborasi barchaga ma’lum. Biroq bu iboraning aksi o’laroq yopilgan hududlar ham mavjudki, bu ko’pchilik uchun qiziqarli bo’lishi shubhasiz. Quyida e’tiboringizga shunday joylar haqida ayrim ma’lumotlarni havola etamiz.

Uch nomdagi orol

Ma’lumki, orollar Yer yuzidagi vulqonlar tufayli yuzaga keladi, buni qarangki, bu jug’rofik qatlam yo’qolishi ham shubhasiz ekan. Masalan, XVIII asrda vulqon otilishi natijasida yuzaga kelgan shunday orollardan biri italiyaliklar tomonidan Yuliya, deb nomlangan. Inglizlar esa bu orolni Grexem, ispanlar Fernandes, deb nomlashgan. Bir necha mamlakat hukmdorlari bu quruqlik qaysi davlat tasarrufiga kirishini aniqlagunlariga qadar orol dengiz ostida qolgan, 1950 yili mazkur orol yana yuzaga chiqqan, ammo ko’p o’tmay   yana   g’oyib bo’lgan.

Dengiz g’arq etgan orol

1952 yili Tinch okeanida, Yaponiyadan uncha uzoq bo’lmagan joyda dengiz sathidan 200 metr balandlikdagi orol paydo bo’lgan. Olimlar unga nom qo’yishga ulgurmasidan, orol dengiz tubiga “g’arq” bo’lgan.

 Bredli yeri

1908 yilda Arktikada tadqiqot olib borayotgan mutaxassis Frederik Kuk ushbu qit’ada shu paytga qadar aniqlanmagan kuruqlikka duch kelib, uni Shimoliy qutbga uyushtirilgan ekspedisiya uchun homiylik qilgan badavlat sportchi Bredli sharafiga Bredli yeri, deb atashni lozim topgan. Shu bois iziga qaytib, xaritaga bu joy koordinatini kiritadi-yu, ammo “kashf” etilgan yerni boshqa topolmaydi.

“Krestyanka” duch kelgan quruqli

Eng so’nggi tanazzulga uchragan “jug’rofiy kashfiyot”lardan yana biri 1934 yilda “Krestyanka” kemasi ekipaji sayohati davomida duch kelgan yerdir. Genriyetta orolidan shimoli-g’arbiy tarafda aniqlangan quruqlik ko’p o’tmay g’oyib bo’ladi.

Semenovskiy oroli

Qo’qqisdan g’oyib bo’lgan orollardan tashqari asta-sekin yo’qolgan orollar ham qayd etilgan. Masalan, Semenovskiy, deb nomlangan orolning hududi dastlab 15 kv. km.ni tashkil qilgan. 1912 yil ga kelib, uning kengligi 5 km.ga qisqargan. 12 yil o’tib esa butkul g’oyib bo’lgan.

 Andreyev yeri

Bering ekspedisiyasi a’zolari xaritada umuman joy olmagan Andreyev yerini aniqlashadi. Hududga yaqinlashib, ekspedisiya chanaga qo’shilgan bug’ular izi borligiga ham duch keladi. Biroq mahalliy aholi bilan munosabatga kirishishni kechiktirib, tadqiqotchilar izlariga qaytishadi. Ammo oradan vakt o’tib, qaytib kelishganida, “kashfiyot”dan nom-nishon ham qolmaganiga amin bo’lishadi.

Sannikov yeri

1810-1811 yillar mobaynida yirik sanoatchi Yakov Sannikov Yangi Sibir orolining shimoliy tomonida bir necha bor sirli qirg’oq borligiga guvohbo’ladi. Bu qirg’oqni aniqlash uchun keyinchalik yuz yil davomida qayta-qayta tadqiqotlar o’tkazib kelindi, ammo harakatlar besamar ketdi. Na dengiz, na havo, na boshqasi borligi ma’lum bo’ldi. Biroq bu narsalar qayd etilgan Vladimir Obruchevga tegishli kitobni topishdi. Shunda ko’pchilik haqiqatan ham Sannikov yeri borligiga ishondi.

Quritilgan dunyo

Yuqorida sodir bo’lgan, kishiga g’ayritabiiy tuyilgan voqyealar bilvosita ham bo’lib o’tgan. Shulardan biri Diala daryosidagi Yo’lbars irmog’i bilan bog’liq. Shoh Kirning sevimli tulpori ushbu daryoda cho’kib, nobud bo’lgach, u daryo suvini quritishga jazm qilib, odamlariga buyuradi. Kirning xizmatkorlari ko’plab kanallar qazib, daryo suvini quritadilar. Keyingi ming yil ichida bu kanallar suvi avvalgi joyiga qayta oqqach, daryo yana o’z holiga kelgan.

manbaa: “Afrosiyob press” gazetasining №6 sonidan yozib olindi

Вам может понравиться

Добавить комментарий