Tadbirkor futbolchilar haqida qiziqarli ma`lumotlar.

Tadbirkorlik zamon talabi. Izlanishlarimiz oqibatida, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi futbolchilar haqida bir qator ma’lumotlar to’pladik. Shuni sizning hukmingizga taqdim etamiz. Buffonning liboslar liniyasi Italiya terma jamoasi va «Yuventus» klubi darvozaboni jan Luidji Buffon 2005 yilning fevralidan boshlab opasi Veronika bilan «ida» nomli liboslar liniyasini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Ferma xo’jayini Makelele «Real» va «Chelsi» klublarining sobiq futbolchisi Klod Makelele yoshligida hisobchilik diplomini qo’lga kiritgan. Klod omadli tadbirkordir. U Parijdagi restoranlar tarmog’i, tungi klub, shuningdek Kongo DRdagi kichik, ammo juda katta foyda keltiradigan fermaning xo’jayini sanaladi. Ajablanarlisi, taniqli xavbek o’z fermasida sovliq yoki qo’chqorlarni emas, balki qo’ng’izlarni ko’paytiradi. Ushbu hashoratlar esa oddiy emas, ulardagi modda jismoniy quvvatni oshiradi. Shuning uchun Klodning mo’jizaviy qo’ng’izlari boyvachchalar o’rtasida xaridorgir. Oddiy kishilarning uni sotib olishga qurbilari yetmaydi. Ibragimovich va otasining biznesi Shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich futbol orqali ishlab topgan millionlari orqasidan uning butun oila a’zolari farovon hayot kechirishmoqda. Futbolchi o’zining otasiga Shvesiyada 1910 yilda qurilgan pomestni sotib olib bergan. Kannavaroning kafelari 2006-yilgi «Oltin to’p» sohibi Fabio Kannavaro omadli tadbirkordir. «Parma»da o’ynab yurgan kezlarida u 2 shahar Neapol va Parmada pisseriya ochgan. Undan katta daromad ola boshlagach, Fabio keyinchalik o’zi faoliyat ko’rsatgan Milan va Turinda ham kichik kafelar ochgan. Zeyedorfning kompaniyasi Gollandiyalik sobiq futbolchi Klareyens Zeyedorf ham omadli tadbirkor. 2007 yilda u investinsion loyihalar bilan shug’ullanuvchi o’z kompaniyasini ochgan va bugungi kunda u o’z faoliyatini tobora kengaytirib, rivojlanib bormoqda. Xavining qurilish firmasi «Barselona» klubi yarim himoyachisi Xavi daromadining bir qismini ko’chmas mulkka sarflagan. Tarrasa va Barselona shaharlaridagi uylaridan tashqari u kichik qurilish firmasini ham ochgan. Firmani otasi va akalari boshqarishmoqda. Shuningdek, shaxsiy mablag’iga Barselonada «Campus Xavi» deb nomlangan bolalar futbol maktabini ochgan. Bu yerda 200 dan ortiq kataloniyalik bolakaylar futbol sir- asrorlarini o’rganishmoqda. Kerjakovning kafelari Rossiya terma jamoasi forvardi Aleksandr Kerjkov ham o’z biznesiga ega. 2005 va 2006 yillarda futbolchi Rossiyaning shimoliy poytaxtida rus oshxonasi taomlariga ixtisoslashtirilgan «Lukomore» va «Chernaya rechka» kafelarini ochgan. Ronaldoning klinikasi Sobiq futbolchi Ronaldoning Braziliyada fizioterapevtik klinikasi bor. Bundan tashqari «So’yloq» Braziliyada «A-1» poyga komandasiga egalik qiladi. Materassining kiyim-kechaklar tarmog’i «Zidan kushanda»si Italiyalik Marko Materassi Resho nomli kiyim-kechaklar tarmog’iga ega. Uning do’konlari Italiyada ishlab turibdi.

manba: Jorge Andreas Leo (FCB)

Вам может понравиться

Добавить комментарий