Xusnbuzarni yo’q qilishning hind tabobati usullari

Spread the love

Husnbuzar va yuzdagi toshmalar 12-24 yosh oralig’idagi yoshlarning 60% qismida uchraydigan ko’ngilsiz holatlardan biridir. Buning asosiy sabablari nimada va husnbuzarlardan qanday qutilish mumkin?

Husnbuzar nega toshadi?

Organizm o’zida mavjud zararli qoldiqlarni (toksinlarni) ekskreksiya yo’li bilan tabiiy holda chiqarib tashlay olmagan holatlarda bu toksinlar qonga o’tadi va natijada yuzda husnbuzar va toshmalar paydo bo’la boshlaydi.

Organizm qoldiqlarni samarali ravishda chiqara olmay qolishiga quyidagilar sabab bo’ladi:

  • Ich qotishi
  • Hojatning muntazam bo’lmasligi
  • Ovqatlanish vaqtlarining muntazam bo’lmasligi
  • Shakar, kraxmal va zararli yog’larni ko’p iste’mol qilish

Husnbuzarlarni yo’qotishning tabiiy usullari

  1. 2-3 ta sarimsoq bo’laklarini ezib husnbuzar va toshmalar ustiga joylang. Yuz teringiz juda ta’sirchan bo’lsa, ezilgan sarimsoqni avval suzma bilan aralashtirib so’ng husnbuzar ustiga joylang. 15-20 daqiqadan so’ng yuvib tashlang. Bu muolajani tez-tez amalga oshirib turing.
  2. Har kuni 3 dona sarimsoq bo’lakchalarini bir oy davomida iste’mol qiling.
  3. Kashnich barglarining suvini siqib, siqilgan suvni biroz kurkuma (zarchava) kukuni bilan aralashtiring va uyqudan oldin yuzga surting. Ushbu muolajani har kuni bajaring.
  4. Yetarli miqdorda suv iching. Juda kam suv ichsangiz, husnbuzarlardan qutilishingiz qiyin bo’ladi.
  5. Ovqatlanish tarzingizga hilma-xil sabzavot va mevalarni kiriting.
  6. Uyqudan oldin yuzingizni yuvib, terini o’lik hujayralardan tozalashni kanda qilmang.

Husnbuzardan qolgan dog’larni ketkazish

Husnbuzardan keyin dog’ qolmasligi uchun husnbuzarlarga qo’l bilan tegmaslik va yulmaslik kerak. Dog’ qolgan bo’lsa, ularni quyidagi usullar bilan ketkazishingiz mumkin.

Husnbuzardan qolgan dog’larni ketkazish usullari:

  1. Aloe vera bargini kesib olib, bargning ustki yashil qavatini olib tashlang. Barg ichidagi gelni yuzingizga surting va 30 daqiqaga yuzda qoldiring. Ko’rsatilgan vaqtdan so’ng yuzni yuving. Ushbu muolajani kuniga ikki mahal har kuni amal amalga oshiring.
  2. Bir osh qoshiq tabiiy asal, 1 osh qoshiq limon suvi, 1 osh qoshiq bodom yog’i va 2 osh qoshiq sutni aralashtiring va yuzga 15-20 daqiqaga maska qiling.

manba: uzshifo.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий